4
a
b3
C (const) ni hisoblashda birlikni to’gri bo’lishi uchun hamma o’lchovlar
mm hisobida olinadi, erkin tushish tezlanish esa o’z holida qoladi: g=9.8 m/s
2.
Cho’zilish va siqilish diagrammalari. Konstruksiya elementlarini mustahkamlikka hisoblashda va deformatsiyalarini aniqlashda materialning mexanik xarakteristikalari – ruxsat etilgan kuchlanishning va elastiklik modulining qiymatlari ishlatiladi. Ushbu xarakteristikalar tekshirilayotgan materialdan olingan
namunalarni tajribada sinab, olingan natijalarni tahlil qilish asosida topiladi. Namunalarni tajribada sinashning eng ko’p tarqalgan usuli bu cho’zish va siqishga sinashdir. Buning uchun ma’lum miqdordagi yuklanishni berilgan tezlik bilan namunaga bera oladigan turli xildagi sinov mashinalaridan foydalaniladi. Bu holda namunaga (5.4-rasm) beriladigan zo’riqishni, sinov mashinasining turiga qarab bir necha grammdan yuzlab tonnagacha o’zgartirish mumkin.