• Teplofizik jarayonlar va fazaviy o’tishlar.
  • Vazirligi buxoro davlat universiteti d. R. Djurayev, A. A. Turayev, sh sh. Fayziyev, B. A




    Download 4,04 Mb.
    bet64/119
    Sana14.06.2024
    Hajmi4,04 Mb.
    #263652
    TuriУчебник
    1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   119
    Bog'liq
    21558 2 CDEAD1DE360DB13C9B7A03EFD7ECBD40E7F94F1F

    Anizotropiya (yun. anisos – bir xil bo’lmagan va tropos – yo’nalish) – modda fizik xossalarining har xil yo’nalish va kesimlarda har xil bo’lishi. Anizotropiya masalan, kristallarning qattiqlik, issiqlik, optik, magnit, elektr va boshqa xossalari uchun xos. Disten, andaluzit, grafit kabi minerallarning qattiqligi bo’ylamasiga bir xil bo’lsa, ko’ndalangiga boshqacha bo’ladi. Bir yoqlama bosim ta’sirida dastlabki tuzilishini o’zgartirib, har xil kesimda turlicha tuzilishni hosil qilgan, tarkibidagi minerallar ma’lum qonuniyatga bo’ysungan tog’ jinslariga anizotropik tog’ jinslari deyiladi. Anizotropiya hodisasi minerallarning optik xususiyatini o’rganishda katta ahamiyatga ega.
    Anizatropiya - grekcha so’zdan olingan bo’lib, teng emas har xil xossali degan ma’noni bildiradi.
    Real metallarning kristallanishi jarayonida metallarda turli qo’shimcha jismlar borligi tufayli metall atomlarining ba’zi uchastkalarida ularning batartib joylashishi buziladi. Buning asosiy sabablaridan biri shuki, ayrim atomlar energiyasi panjaraning o’rtacha energiya qiymatidan katta bo’lib, intensivroq
    harakatlanib, bir joydan ikkinchi joyga, masalan, panjara uchlaridan oraliqqa yoki qo’shni atomlar o’rniga o’tadi. Bu esa fazoviy panjaradagi atomlarning batartib joylashunivining buzilishiga olib keladi. Natijada uning xossalari o’zgaradi.
    Fazoviy kristall panjaradagi buzilishlar quyidagi xillarga ajratiladi:



    1. Nuqtali buzilish: Kristall panjaradagi bo’sh joylarga qo’shni element atomlari joylashishi tufayli hosil bo’ladi.

    2. Chiziqli buzilish: Bunday buzilish metallarga – termomexanik ishlov berishda yuzaga keladi. Bunga dislokatsiya deyiladi. Diskolatsiya - zarrachalari bloklarining o’zaro siljishi oqibatida paydo bo’ladi.

    3. Sirtqi buzilish. Bu buzilish metall sirtida sodir bo’ladi.

    VI BOB. TERMIK XOSSALAR VA USULLAR.


      1. Teplofizik jarayonlar va fazaviy o’tishlar.

    Biz suyuq gazsimon holatlarning qattiq holatga o’tishi, ya’ni kristallanish va aksincha o’tish, erish va qaynashni bilamiz. Suyuqlikning bug’ga o’tishini - bug’lanishni va aksincha o’tish - kondensatsiyani ham bilamiz. Bu barcha fazaviy o’tishlarda jism yoki tegishli o’tishning yashirin issiqligi (erish isiqqligi, bug’lanish issiqliki va h.k) sifatida energiya ajratadi yoki energiya yutadi.


    Energiyaning yoki energiya bilan bog’liq bo’lgan boshqa kattaliklar, masalan, zichlikning sakrashsimon o’zgarishi bilan boradigan fazaviy o’tishlar birinchi tur fazaviy o’tishlar deb ataladi. Birinchi tur fazaviy o’tishlar uchun modda xossalarining sakrashsimon, ya’ni juda qisqa temperaturalar intervalida o’zgarishi xarakterlidir. Binobarin, aniq o’tish temperaturasi yoki o’tish nuqtasi haqida, masalan, qaynash nuqtasi, erish nuqtasi va hokazo haqida gapirish mumkin. Fazaviy o’tishlar temperaturalari tashqi parametr - p bosimga bog’liq; berilgan temperaturada o’tish sodir bo’ladi. Fazaviy muvozanat chizig’i bizga ma’lum bo’lgan Klapeyron-Klauzius tenglamasi bilan ifodalanadi:
    (6.1)

    bu yerda, L - o’tish molyar issiqligi, V1 va V2 har ikkala fazaning molyar hajmlari.


    Birinchi tur fazaviy o’tishlarda yangi faza birato’la butun hajmda paydo bo’lmaydi. Dastlab yangi fazaning markazlari hosil bo’lib so’ngra ular o’sib butun hajmga tarqaladi. Markazlarning hosil bo’lish protsessi bilan suyuqlikning kondensatsiyasida duch kelgan edik. Kondensatsiya uchun chang zarralari, ionlar va hokazo ko’rinishida kondensatsiya markazlari bo’lishi zarur. Xuddi shuningdek, suyuqlikning qotishi uchun kristallanish markazlari bo’lishi zarur. Bunday markazlar bo’lmaganida bug’ va suyuqlik o’ta sovigan holatda bo’lishi mumkin.
    Masalan, 10°C temperaturada ham, agar suv toza bo’lsa, uzoq muddat muzlamasligini kuzatish mumkin. Biroq shunday fazaviy o’tishlar ham bo’ladiki, ularda aylanish butun hajmda kristall panjaraning uzluksiz o’zgarishi, ya’ni panjarada zarralarning o’zaro qayta joylashishi natijasida darhol ro’y beradi. Bu
    ma’lum temperaturada panjara simmetriyasining o’zgarishi, masalan, past simmetriyali panjaraning yuqori simmetriyali panjaraga aylanishiga olib kelishi mumkin. Bu temperaturada fazaviy o’tish ikkinchi tur fazaviy o’tish deb ataladi.
    Ikkinchi tur fazaviy o’tish sodir bo’ladigan bu temperatura Kyuri nuqtasi deb ataladi. Bu birinchi marta ferromagnetiklarda ikkinchi tur fazaviy o’tishlarini kashf qilgan olim Per Kyuri sharafiga shunday deb atalgan. Holat bunday uzluksiz o’zgarganida o’tish nuqtasida ikki turli fazaning muvozanati bo’lmaydi, chunki o’tish butun hajmda birdaniga sodir bo’ladi. Shuning uchun o’tish nuqtasida U ichki energiyaning sakrashi ham ro’y bermaydi. Demak, bunday o’tishda o’tish yashirin issiqligining ajralishi ham ro’y bermaydi. Biroq o’tish nuqtasidan yuqori va past temperaturada modda turli kristall modifikatsiyali bo’lgani uchun ularning issiqlik sig’imi turlicha bo’ladi.
    Demak, fazaviy o’tish nuqtasida issiqlik sig’imi, ya’ni ichki energiyadan vaqt bo’yicha olingan hosilasi sakrashsimon o’zgaradi. Garchi o’tish nuqtasida
    hajmning o’zi o’zgarmasada, hajmiy kengayish koeffitsienti sakrash bilan
    o’zgaradi.
    Shunday ikkinchi tur fazaviy o’tishlar ham borki, ularda holatning uzluksiz o’zgarishi kristall strukturasining o’zgarishini bildirmaydi, biroq bu o’tishlarda holat birdaniga butun hajmida o’zgaradi. Bunday tur o’tishlarning eng mashhuri moddalarning ferromagnit holatdan ferromagnit bo’lmagan holatga o’tishidir, bunday o’tish Kyuri nuqtasi deb atalgan temperaturada sodir bo’ladi; ba’zi metallarning normal holatda o’ta o’tkazuvchan elektr qarshiligi yo’qoladi. Ikkala holda ham o’tish uzluksiz va birdaniga butun hajmda o’zgaradi. Suyuq geliyning Ne I holatdan Ne II holatga o’tishi ham ikkinchi tur o’tishga misol bo’ladi. Bu barcha hollarda o’tish nuqtasida issiqlik sig’imining sakrashi kuzatiladi. Shu munosabat bilan ikkinchi tur fazaviy o’tish temperaturasi ikkinchi nomga ega bo’lib, unga Kyuri nuqta deb ataladi. Fazaviy o’tishlarning qanday bo’lishini endi batafsilroq ko’raylik. Fazaviy aylanishlarda asosiy rolni fizikaviy kattaliklarning fluktuatsiyalari o’ynaydi.

    Download 4,04 Mb.
    1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   119




    Download 4,04 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Vazirligi buxoro davlat universiteti d. R. Djurayev, A. A. Turayev, sh sh. Fayziyev, B. A

    Download 4,04 Mb.