|
Vazirligi buxoro davlat universiteti d. R. Djurayev, A. A. Turayev, sh sh. Fayziyev, B. A
|
bet | 62/119 | Sana | 14.06.2024 | Hajmi | 4,04 Mb. | | #263652 | Turi | Учебник |
Bog'liq 21558 2 CDEAD1DE360DB13C9B7A03EFD7ECBD40E7F94F1FKimyoviy destruksiya. Polimerlarning kimyoviy destruksiyasi odatda katalizator ishtirokida turli muhitda sodir bo’ladi. Agar muhit sifatlaridan foydalanilsa gidroliz, spirtli muhitda olib borilsa alkogoliz, kislotali muhitda borsa atsidoliz deb ataladi.
Tabiiy yuqorimolekulyar birikmalarni destruksiyasi yordamida qimmatbaho quyimolekulyar birikmalar oligosaxaridlar va monosaxaridlar olinadi. Bu jarayonlar vodorod yoki gidroksil ioni ta’sirida tezlashadi, shuning uchun katalizator sifatida kislota, ishqor va tuzlardan foydalaniladi.
O’simliklar tarkibida odatda sellyuloza bilan bir qatorda pentozol, silan va araban kabi polisaxaridlar ham uchraydi. Sellyuloza to’la gidrolizlanmasa,
glyukoza va ksilandan besh atomli spirtlar, ksilozadan furfurol va boshqalar hosil bo’ladi. Polisaxariddagi atsetal bog’larning gidrometik uzilish reaksiyasi vaqtida glyukozid bog’ uzilib, natijada birinchi uglerod atomida aldegid va to’rtinchi uglerod atomida gidroksil gruppa xosil bo’ladi:
5.12-rasm. Birinchi uglerod atomida aldegid va to’rtinchi uglerod atomida gidroksil gruppa.
Oksidlanish destruksiyasi. Polimerlar ham quyimolekulyar birikmalar singari kislorod azon va boshqa oksidlovchilar ta’sirida oksidlanadi. Bunda kimyoviy destruksiyadan farq qilib, polimer asosiy zanjirining uzilishi bilan bir qatorda funksional gruppalar ham oksidlanadi. Shuning uchun oksidlanish reaksiyasini boshqarish qiyin. O3 ta’sirida polimer tarkibidagi qo’sh bog’ miqdori aniqlanadi.
Polimerlarni oksidlanishi erkin radikallar ishtirokida boruvchi zanjirsimon jarayondir. Shunga asoslanib erkin radikallar hosil qilish qobiliyati yuqori bo’lgan moddalar qo’shib bu jarayonni tezlatish, erkin radikallarni yutuvchi moddalar qo’shib destruksiyani to’xtatish yoki sekinlatish mumkin. Ammo vaqt o’tib, sarflanib bo’lgach destruksiya boshlanadi. Oksidlanish destruksiyasi uch bosqichdan iborat – aktiv markazni hosil bo’lishi, zanjirni o’sishi va uzilishi. Aktiv markazlar asosan peroksid birikmalarni parchalanish xisobiga boradi.
|
| |