• FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…………………………………… QISQARTMA SO‘ZLAR RO‘YXATI……………………………………. ATAMALARNING RUS, O‘ZBEK VA INGLIZ TILIDAGI IZOHLI LUG‘ATI
  •  BOB. DASTURIY VOSITALAR XAVFSIZLIGI……………………...212




    Download 7,29 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet3/92
    Sana22.07.2024
    Hajmi7,29 Mb.
    #268251
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92
    Bog'liq
    Vazirligi denov tadbirkorlik va pedagogika instituti mamajanov r

    7 BOB. DASTURIY VOSITALAR XAVFSIZLIGI……………………...212
    7.1. Dasturiy vositalardagi xavfsizlik muammolari…………...212
    7.2. Dasturiy vosita xavfsizligining fundamental prinsiplari….216
    7.3. Kompyuter viruslari va viruslardan himoyalanish
    muammolari…………………………………………………………..221
    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR……………………………………
    QISQARTMA SO‘ZLAR RO‘YXATI…………………………………….
    ATAMALARNING RUS, O‘ZBEK VA INGLIZ TILIDAGI IZOHLI
    LUG‘ATI


    KIRISH
    Bugungi kunda elektron xizmatlar bizning hayotimizda ajralmas o’rin
    egaladi. Dunyoda axborotkommunikatsiya texnologiyalariga tobora rivojlanib
    borib ko’p tarmoqli bo‘lib borayotganligi bois, ushbu texnologiyalarni himoya
    qilish va ulardan foydalanish davlat manfaatlar uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega.
    Shu sababli, har bir tashkilotga, kiberxavfsizlikni taminlash masalasiga
    olohida urg’u berib, mazkur soha bilan shug‘ullanuvchi xodimlar jalb qilinmoqda
    va xodimlarni kiberxavfsizlikka oid bilimlar bilan muntazam tanishtirib borish
    uchun qator seminar-treyning mashg‘ulotlari tashkil etilmoqda. Bugungi kunga
    kelib oliy ta’lim muassasalarida ham kiberxavfsizlikni fan sifatida o‘tilishi buning
    yaqqol misolidir.
    O’zbekiston Respublikamiz axborot texnologiyalarining rivojlanishi bilan
    bir qatorda xo‘jalik va davlat boshqaruvi organlarida axborot xavfsizligini,
    xususan, kompyuter bilan bog‘liq bo‘lgan xavfsizlik muammolarini bartaraf etish
    yo‘nalishiga alohida e’tibor qaratilmoqda. 2017-2021 yillarda O‘zbekiston
    Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasida vazifalar
    belgilab qo’yildi, shular qatorida «...axborot xavfsizligini taminlash va axborotni
    himoya qilish tizimini takomillashtirish, axborot sohasidagi tahdidlarga o‘z vaqtida
    va munosib qarshilik ko‘rsatish» va kiberjinoyatchilikni oldini olish va fosh etish
    masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Bundan tashqari, “Ilm, ma’rifat va raqamli
    iqtisodiyotni rivojlantirish yilida amalga oshirish bo’yicha davlat dasturi
    to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Prezidenti Farmonida “2020 yil 1 sentyabrga qadar
    kiberxavfsizlikka doir milliy strategiya va qonun loyihasi ishlab chiqish” vazifalari
    belgilangan. Bu vazifalarni amalga oshirishda kiberxavfsizlik sohasiga oid o‘quv
    qo‘llanmalarini ishlab chiqish ham e’tibor berish kerak bo‘lgan muhim jihatlardan
    hisoblanadi.
    Qo‘llanmaning birinchi bobida kiberxavfsizlik asoslari fani sohasining
    vazifalari
    va
    asosiy
    tushunchalari,
    uning
    qo‘llanilish
    sohasi
    hamda
    kiberxavfsizlikda inson omili masalalari ko‘rib chiqilgan. Kiberxavfsizlikning
    bilim sohalari, kiberxavfsizlik va axborot xavfsizligi tushunchalari o‘rtasidagi farq


    misollar asosida keltirilgan. Shuningdek, kiberjinoyatchilik, kiberhuquq va
    kiberetika masalalariga to‘xtalib o‘tilib va talabalarga tushunarli tilda bayon
    qilindi.
    Ikkinchi bob kiberxavfsizlikning fundamental masalalariga bag‘ishlangan,
    hamda kiberxavfsizlik arxitekturasi, strategiyasi va siyosatini amalga oshirish
    tartibi xususida ma’lumotlar keltirilgan.
    Uchinchi bobda axborotning kriptografik himoyasi doirasidagi asosiy
    tushunchalar, simmetrik kriptotizimlar, ochiq kalitli kriptotizimlar, ma’lumotlar
    yaxlitligini taminlash usullari ko‘rib chiqilgan.
    Qo‘llanmaning to‘rtinchi bobi foydalanishlarni nazoratlash tizimlariga
    bag‘ishlangan bo‘lib unda autentifikatsiya usullari, ma’lumotlarni fizik va mantiqiy
    boshqarish usullari keltirilgan. Hozirda keng qo‘llanilayotgan mantiqiy
    foydalanishlarni boshqarish modellari va ulardan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar
    bayon etilgan.
    Beshinchi bob tarmoq xavfsizligini ta’minlashda amalga oshirilish kerak
    bo’lgan
    ishlar va
    tarmoq haqida
    boshlang’ich
    tushunchalar xavfsizlik
    muammolari va ularni bartaraf etishda tarmoqlararo ekrandan, virtual
    himoyalangan tarmoqdan va boshqa vositalardan foydalanish masalalari
    keltirilgan. Bundan tashqari, simsiz tarmoqlarda xavfsizlik muammolari va
    risklarni boshqarish masalalariga to‘xtalib o‘tilgan.
    Oltinchi bobda tizimning foydalanuvchanlik xususiyati va uning tizim uchun
    muhimligi, ma’lumotlarni zaxira nusxalash va qayta tiklash usullari xususida
    ma’lumotlar keltirilgan. Tizim foydalanuvchanligi uchun audit muolajasi muhim
    hisoblangani bois, Windows OT uchun hodisalarni qaydlash tartibi bilan tanishib
    chiqiladi.
    Yettinchi bob dasturiy vositalar xavfsizligiga bag‘ishlangan bo‘lib,
    dasturlardagi xavfsizlik muammolari va ularni oldini olishga qaratilgan
    fundamental prinsiplar bayon etilgan. Vazifasi tizimga ziyon yetkazish uchun
    yaratilgan zararli dasturiy vositalar, ularning tahlili va zamonaviy antivirus dasturiy
    vositalari haqida batafsil ma’lumotlar keltirilgan.



    Download 7,29 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92




    Download 7,29 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     BOB. DASTURIY VOSITALAR XAVFSIZLIGI……………………...212

    Download 7,29 Mb.
    Pdf ko'rish