shaxsning o‘ziga, uni moliyaviy holatiga ta’sir etmasligini yoki oshkor qilinganida
shaxsning obro‘si tushishini keltirishadi.
Madaniyat va munosabatlardagi muammolarga
tashkilotning o‘zi
yoki tashkilot ichki ma’lumotlarini biluvchi norozi va e’tiborsiz xodimning paydo
bo‘lishi sababchi bo‘lishi mumkin. Kiberxavfsizlik muammolarining aksariyati
ichki hisoblanib, ular xodimlar orasidagi turli kelishmovchiliklar va tashkilot
ichidagi muhitning yaxshi emasligi natijasida yuzaga keladi. Bu sabablar esa,
xodimning tashkilot ichki strukturasini yaxshi bilgani bois, aksariyat hollarda
jiddiy muammolarga olib keladi.
Xavfsizlik
mashg‘ulotlariga
kam
mablag‘
sarflanishi
boshqarilayotgan xavfsizlik risklari to‘g‘risidagi ma’lumotning kamligi sababchi
bo‘ladi. Odatda, soha korxonalaridagi xodimlar mustaqil ravishda kiberxavfsizlik
qoidalarini o‘rganishmaydi. Shuning uchun kiberxavfsizlik qoidalarini xodimlarga
maxsus mashg‘ulotlar shaklida yetkazish zarur bo‘ladi. Bu esa tashkilotdan
xavfsizlik mashg‘ulotlariga yyetarlicha mablag‘ sarflanishni talab qiladi.
Hisobga olish nuqtasining yagona emasligi
natijasida xavfsizlikning
to‘laqonli amalga oshirilmasligi kuzatiladi. Amalda xavfsizlikni kafolatli
taminlashda uning nazoratini bir nuqtada amalga oshirish muhim hisoblanadi.
Yagona nuqtada amalga oshirilgan xavfsizlik nazorati taqsimlangan shakliga
nisbatan ishonchli bo‘ladi. Biroq, tashkilotlardagi xavfsizlik nazoratining
murakkabligi bois, nazorat odatda taqsimlangan holda boshqariladi.
Ijtimoiy injineriya
asosida xavfsizlik nazoratini aylanib o‘tishda
foydalanuvchidan, an’anaviy josuslik texnikasi yordamida, ma’lumotlar qo‘lga
kiritiladi. Eng yaxshi kiberxavfsizlik tizimiga ega bo‘lgan tashkilotga ham ijtimoiy
injineriya tahdidi xavf solishi mumkin. Ayniqsa, foydalanuvchilarni turli ijtimoiy
tarmoqlarda shaxsiy ma’lumotlarini e’tiborsizlik bilan qoldirishi bu xavfning
keskin ortishiga sababchi bo‘lmoqda.