22-modda. Kiberxavfsizlik hodisalarini tekshirish Kiberxavfsizlik hodisalari vakolatli davlat organi yoki kiberxavfsizlikni
ta’minlash bo‘yicha ishchi organning mansabdor shaxslari tomonidan tekshiriladi.
Kiberxavfsizlik hodisasi sodir bo‘lgan axborot resursining yoki axborot
tizimining egasi, agar u tekshiruv o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan resurslarga va
texnik imkoniyatlarga ega bo‘lsa, kiberxavfsizlik hodisasining tekshiruvini
o‘tkazishi mumkin. Bunda vakolatli davlat organi tekshiruv natijalari to‘g‘risida
xabardor qilinishi kerak.
23-modda. Kiberxavfsizlik subyektlari tomonidan kiberxavfsizlik hodisalari bo‘yicha choralar ko‘rish Kiberxavfsizlik subyektlari tomonidan kiberxavfsizlik hodisalariga nisbatan
choralar ko‘rish quyidagi shakllarda amalga oshirilishi mumkin:
dasturiy ta’minotdagi va qurilmalardagi zaifliklarni hamda xatoliklarni
bartaraf etish;
zararli dasturlarni yo‘q qilish, ularning tarqalishini cheklash, kiberhujumlar
manbaini texnik jihatdan cheklash;
axborotlashtirish obyektlarini mavjud kibertahdidlardan ajratib qo‘yish;
huquqni muhofaza qiluvchi organlarga kiberxavfsizlik hodisalari to‘g‘risida
ma’lumotlar taqdim etish.
25-modda. Muhim axborot infratuzilmasi obyektlarining kiberxavfsizligini ta’minlashning asosiy yo‘nalishlari Muhim
axborot
infratuzilmasi
obyektlarining
kiberxavfsizligini
ta’minlashning asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
muhim axborot infratuzilmasi obyektlarining normativ-huquqiy, tashkiliy va
texnik jihatdan himoya qilinishini tartibga solish bo‘yicha yagona chora-tadbirlar
majmuini yaratish;
davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlarida hamda resurslarida,
muhim axborot infratuzilmasi obyektlarida kiberxavfsizlikni ta’minlashga doir
talablarni belgilash;
muhim axborot infratuzilmasi obyektlarining kiberxavfsizligini samarali
ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratishga ko‘maklashish.