-modda. Vakolatli davlat organining huquqlari




Download 7,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/92
Sana22.07.2024
Hajmi7,29 Mb.
#268251
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   92
Bog'liq
Vazirligi denov tadbirkorlik va pedagogika instituti mamajanov r

12-modda. Vakolatli davlat organining huquqlari
Vakolatli davlat organi kiberxavfsizlik sohasidagi vakolatlarni amalga
oshirish chog‘ida quyidagi huquqlarga ega:
kiberhujumlarni aniqlash, ularning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish,
shuningdek kiberxavfsizlik hodisalariga nisbatan choralar ko‘rish uchun
mo‘ljallangan texnik, dasturiy va apparat-dasturiy vositalarni ijaraga olish;
kiberhujumlarga barham berish bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan choralar
ko‘rish uchun texnik qurilmalar va xizmatlardan tekin foydalanish;


davlat organlariga va boshqa tashkilotlarga kirish, zarur hujjatlar va
materiallar bilan tanishish, shuningdek davlat organlaridan va boshqa
tashkilotlardan, fuqarolardan ma’lumotlarni hamda boshqa zarur hujjatlarni va
materiallarni so‘rash hamda olish, ularni identifikatsiyalashni amalga oshirish va
ulardan kiberxavfsizlik hodisalari bo‘yicha tergov harakatlarida foydalanish;
kiberxavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha ishchi organni tashkil etish,
shuningdek o‘z vakolatlarining bir qismini unga o‘tkazish;
kiberxavfsizlik
subyektlariga
kiberxavfsizlikka
tahdid
soluvchi
huquqbuzarliklar sodir etilishiga imkon bergan sabablar va shart-sharoitlarni
bartaraf etish to‘g‘risida bajarilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalar hamda
ko‘rsatmalar kiritish;
kiberxavfsizlik holati ta’minlanganligi yuzasidan davlat nazorati va
tekshiruvi vazifasini amalga oshirish maqsadida davlat organlari hamda
tashkilotlarining, muhim axborot infratuzilmasi obyektlarining axborot tizimlariga
va resurslariga belgilangan tartibda to‘sqinliksiz kirish hamda ularga ulanish,
shuningdek ushbu obyektlardagi axborot tizimlarining va resurslarning
kiberxavfsizligini ta’minlash vositalarining joriy etilishiga hamda ulardan
foydalanilishiga doir ma’lumotlarni o‘rganish;
kiberxavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha monitoring ishlarini bajarish chog‘ida
tashkiliy-texnik tadbirlarni amalga oshirish uchun monitoring tizimlariga yoki
muhim axborot infratuzilmasi obyektlariga kirish;
jismoniy va yuridik shaxslarning turar joylariga va boshqa obyektlariga
to‘sqinliksiz kirish, zarurat bo‘lganda qulflash moslamalarini va boshqa ashyolarni
buzgan holda kirish, bu joylarni axborot texnologiyalari sohasida jinoyatlar sodir
etganlikda gumon qilinayotgan shaxslarni ta’qib qilish chog‘ida yoxud u erda
jinoyat sodir etilyapti yoki sodir etilgan yoxud huquqni muhofaza qiluvchi
organlardan yashiringan shaxs bor deb hisoblash uchun yetarli asoslar mavjud
bo‘lgan taqdirda yoxud agar kechiktirish fuqarolarning hayotini va sog‘lig‘ini
tahdid ostida qoldiradigan bo‘lsa, yigirma to‘rt soat ichida prokurorga bu haqda


xabar bergan holda, shuningdek yetkazilgan zararning o‘rnini qonunchilikda
belgilangan tartibda qoplagan holda ko‘zdan kechirish.

Download 7,29 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   92




Download 7,29 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-modda. Vakolatli davlat organining huquqlari

Download 7,29 Mb.
Pdf ko'rish