ishlarni tashkil qilish, shuningdek kiberxavfsizlik hodisalariga nisbatan choralar
ko‘rish;
muhim axborot infratuzilmasi obyektlaridagi mavjud zaifliklar va
ehtimoldagi tahdidlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni aniqlashga, to‘plashga va tahlil
qilishga doir ishlarni tashkil etish;
axborot tizimlari va resurslarida kiberxavfsizlikning ta’minlanganlik darajasi
bo‘yicha tasniflagich yaratish;
kiberxavfsizlik obyektlarini kiberxavfsizlikni ta’minlash darajasiga ko‘ra
tasniflash;
kiberxavfsizlik sohasida kadrlar tayyorlash bo‘yicha faoliyatni amalga
oshirish;
kiberxavfsizlik talablariga muvofiqlik yuzasidan ekspertiza o‘tkazish
mexanizmlarini belgilash;
kiberxavfsizlik
va
muhim
axborot
infratuzilmasi
obyektlarining
kiberxavfsizligini amalga oshirishni baholash usullarini belgilash va baholash;
muhim axborot infratuzilmasi obyektlarini toifalashtirish mezonlarini
belgilash va toifalashtirish;
kiberxavfsizlik subyektlarining kiberxavfsizligini ta’minlashga jalb etilgan
xodimlarni qonunchilikda belgilangan tartibda attestatsiyadan o‘tkazish.
Vakolatli davlat organining qonuniy talablarini (ko‘rsatmalarini) bajarish
majburiydir.