• 16-modda. Kiberxavfsizlik subyektlarining huquq va majburiyatlari
  • -modda. Ma’lumotlarning zaxira nusxalarini ko‘chirish




    Download 7,29 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet13/92
    Sana22.07.2024
    Hajmi7,29 Mb.
    #268251
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   92
    Bog'liq
    Vazirligi denov tadbirkorlik va pedagogika instituti mamajanov r

    15-modda. Ma’lumotlarning zaxira nusxalarini ko‘chirish
    Davlat organlari va tashkilotlarining, shuningdek muhim axborot
    infratuzilmasi obyektlarining axborot tizimlari hamda resurslari ma’lumotlarining
    saqlanishini
    ta’minlash
    ichki
    axborot
    xavfsizligi
    siyosatiga
    muvofiq
    ma’lumotlarning zaxira nusxalarini yaratish yo‘li bilan amalga oshiriladi, ularning
    saqlanish muddati oxirgi uch oydan kam bo‘lmasligi kerak.
    16-modda. Kiberxavfsizlik subyektlarining huquq va majburiyatlari
    Kiberxavfsizlik subyektlari quyidagi huquqlarga ega:
    o‘z kiberxavfsizligini ta’minlash maqsadida vakolatli davlat organidan
    kibertahdidlar, dasturiy ta’minotdagi, uskunalar va texnologiyalardagi zaifliklar
    to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish;


    kiberhujumlardan himoya qilish vositalari va usullari, shuningdek ularni
    aniqlash hamda bartaraf etish usullari to‘g‘risida vakolatli davlat organidan
    ma’lumotlar va maslahatlar olish;
    o‘z kiberxavfsizligini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va
    amalga oshirish.
    Kiberxavfsizlik subyektlari:
    axborot tizimlari va resurslaridagi ma’lumotlarning qonunga xilof ravishda
    tarqatilishi, o‘g‘irlanishi, yo‘qolishi, yaxlitligining buzilishi, bloklanishi va
    qalbakilashtirilishining, shuningdek axborot tizimlari va resurslariga ruxsatsiz
    kirishning boshqa ko‘rinishlarining oldini olishi, bunday hollar aniqlanganda o‘z
    vaqtida tegishli choralar ko‘rishi;
    axborot tizimlari va resurslariga kirish tartibi buzilganda hamda ularga
    ruxsatsiz kirish natijasida ushbu tizimlar hamda resurslar o‘zgartirilgan yoki yo‘q
    qilingan taqdirda salbiy oqibatlarni kamaytirish maqsadida ularni tezkorlik bilan
    tiklash choralarini ko‘rishi;
    sodir bo‘lgan kiberxavfsizlik hodisalari va kiberjinoyatlar to‘g‘risida
    vakolatli davlat organini xabardor qilishi, ushbu hodisalarni to‘liq fosh etish uchun
    tegishli raqamli izlarning yo‘qolishiga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rishi,
    shuningdek kiberxavfsizlik hodisalarini tahlil qilish va kiberjinoyatlarni tekshirish
    uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarning doimiy saqlanishini ta’minlashi;
    kiberxavfsizlik obyektlarini muhofaza qilish va ularning xavfsiz ishlashi
    monitoringini o‘tkazish sohasidagi ma’lumotlarni vakolatli davlat organi bilan
    o‘zaro almashishni amalga oshirishi;
    axborot tizimlari va resurslarining kiberhimoyasini ta’minlashda vakolatli
    davlat organi tomonidan belgilangan kiberxavfsizlik talablariga rioya etishi;
    kiberxavfsizlik hodisalariga nisbatan choralar ko‘rish mexanizmlarining
    ishlab turishini va kiberxavfsizlikni ta’minlash bo‘linmalarining ishlashini
    ta’minlashi, ular mavjud bo‘lmagan taqdirda esa vakolatli davlat organining ruxsati
    bilan autsorsing xizmatlaridan belgilangan tartibda foydalanishi;


    vakolatli davlat organiga kiberxavfsizlikni ta’minlash monitoringining
    tashkiliy-texnik tadbirlarini amalga oshirish uchun monitoring tizimlariga va (yoki)
    kiberxavfsizlik obyektlariga kirish huquqini berishi shart.

    Download 7,29 Mb.
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   92




    Download 7,29 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -modda. Ma’lumotlarning zaxira nusxalarini ko‘chirish

    Download 7,29 Mb.
    Pdf ko'rish