Muhim axborot infratuzilmasi subyektlari vakolatli davlat organi bilan
kelishgan holda, muhim axborot infratuzilmasi obyektlari ishining o‘ziga xos
jihatlaridan kelib chiqib, kiberxavfsizlikni ta’minlash uchun qo‘shimcha talablarni
belgilashi mumkin.
Muhim axborot infratuzilmasi obyektlarining kiberxavfsizligi ta’minlanishi
uchun mas’ul bo‘lgan xodimlar qonunchilikda belgilangan tartibda vakolatli davlat
organi tomonidan o‘tkaziladigan attestatsiyadan o‘tadi.
Muhim axborot infratuzilmasi subyekti tomonidan yaratilgan muhim axborot
infratuzilmasi obyektlarining kiberxavfsizligini ta’minlash tizimi vakolatli davlat
organining muhim axborot infratuzilmasi obyektlaridagi monitoring va
kiberxavfsizlik hodisalarini boshqarish tizimiga vakolatli davlat organining
qaroriga asosan ulanadi.