• 31-modda. Muhim axborot infratuzilmasi obyektlarining kiberxavfsizligini baholash
  • 32-modda. Kiberxavfsizlik subyektlarini davlat tomonidan qo‘llab- quvvatlash
  • Vazirligi denov tadbirkorlik va pedagogika instituti mamajanov r. Y., Rajabov t. J., Saidaxmedov e. I kiberxavfsizlik asoslari




    Download 7,29 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet17/92
    Sana22.07.2024
    Hajmi7,29 Mb.
    #268251
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   92
    Bog'liq
    Vazirligi denov tadbirkorlik va pedagogika instituti mamajanov r

    30-modda.
    Muhim
    axborot
    infratuzilmasi
    obyektlarining
    kiberxavfsizligini ta’minlash tizimi
    Muhim axborot infratuzilmasi obyektlarining kiberxavfsizligini ta’minlash
    tizimi quyidagilardan iborat:
    vakolatli davlat organining muhim axborot infratuzilmasi obyektlarining
    kiberxavfsizlik hodisalarini monitoring qilish va boshqarish tizimi;
    muhim axborot infratuzilmasi obyektlarining kiberxavfsizligini ta’minlash
    tizimlari.
    Kiberxavfsizlikni
    ta’minlash
    tizimidagi
    kiberxavfsizlik
    hodisalari
    to‘g‘risidagi axborotning tarqatilishi cheklangan bo‘ladi. Mazkur axborot hodisalar
    to‘liq bartaraf etilganidan keyin oshkor etilishi mumkin.
    31-modda.
    Muhim
    axborot
    infratuzilmasi
    obyektlarining
    kiberxavfsizligini baholash
    Muhim axborot infratuzilmasi obyektlarining kiberxavfsizligini baholash
    kiberxavfsizlik sohasidagi davlat nazorati doirasida ushbu obyektlarning turli xil
    kibertahdidlardan himoyalanganlik holatini (darajasini) aniqlash maqsadida amalga
    oshiriladi.


    Muhim axborot infratuzilmasi obyektlarining kiberxavfsizligini baholash
    ixtisoslashtirilgan tashkilotlar jalb etilgan holda, vakolatli davlat organining ruxsati
    bilan amalga oshiriladi.
    32-modda. Kiberxavfsizlik subyektlarini davlat tomonidan qo‘llab-
    quvvatlash
    Kiberxavfsizlik
    subyektlarini
    davlat
    tomonidan
    qo‘llab-quvvatlash
    quyidagilardan iborat:
    kiberxavfsizlik sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish;
    kiberxavfsizlik subyektlariga soliq, bojxona imtiyozlari va preferensiyalar
    berish;
    xo‘jalik yurituvchi subyektlarning mablag‘larini kiberxavfsizlik sohasini
    moliyalashtirish uchun jalb etishga shart-sharoitlar yaratish;
    kiberxavfsizlik
    sohasida
    ilmiy-texnika
    yutuqlariga
    asoslangan
    mahsulotlarning va ilg‘or texnologiyalarning kafolatlangan tarzda joriy etilishini
    ta’minlash maqsadiga qaratilgan davlat xaridlarini tashkil etish;
    kiberxavfsizlik sohasida kadrlarni tayyorlashga, qayta tayyorlashga,
    shuningdek ularning malakasini oshirishga ko‘maklashish.

    Download 7,29 Mb.
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   92




    Download 7,29 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Vazirligi denov tadbirkorlik va pedagogika instituti mamajanov r. Y., Rajabov t. J., Saidaxmedov e. I kiberxavfsizlik asoslari

    Download 7,29 Mb.
    Pdf ko'rish