− parol tarkibida ko‘p uchraydigan ismlar, so‘zlar, qisqartirishlar, kunlar,
telefon nomerlari bo‘lmasligi, autentifikator bilan bir xil bo‘lmasligi va h. lozim;
− parol tarkibida bosh harflar, raqamlar, tinish belgilari va maxsus sinovollar
(-@#;%^&*) bo‘lishi lozim;
− paroldagi simvollar soni 8 dan kam bo‘lmasligi va parolni 90 kundan
so‘ng almashtirish lozim;
− hisob yozuvidan foydalanishga cheklashlar
(kun, sutka vaqti, ulanish
manzili, ulanish soni bo‘yicha.
) o‘rnatililishi lozim;
− parolni muvaffaqiyatsiz kiritish va urinish sonini cheklash - 3 dan 5 gacha;
− parol axborotini saqlash va tarmoq bo‘yicha uzatishning kriptohimoya
rejimlari o‘rnatilishi lozim.
Parol himoyasini kuchaytirishning o‘ziga hos variantlari – parol iboralaridan
(pass phrase) va kognitiv (cognitive - anglab bo‘ladigan) parollardan foydalanish.
Uzun, ammo xotirlash uchun oson parol iborasi parolning oshkor qilinishini
qiyinlashtiradi. Kognitiv parol odatda, tasodifiy tanlangan, ammo maxfiy ravishda
oldindan aniqlangan savollarga javoblar qismto‘plamidan iborat.
Avtomatlashtirilgan tizimlarda parollar bardoshligini baholashda matematik
ko‘rsatkichlar ishlatilishi mumkin. Klod Shennon tomonidan taklif etilgan axborot
entropiyasi keng tarqalgan ko‘rsatkich sifatida ishlatiladi: