3-tur
. Tirik organizmning fiziologik atributlariga (something you are)
masalan, ko‘z to‘rpardasiga yoki odatiy atributlarga (something you do) masalan,
imzoga asoslangan biometrik vositalar.
Ba’zi tasniflarda foydalanuvchi o‘rnashgan joyi (some where you are), bilan
bog‘liq axborotga asoslangan yana bir vositalar turini uchratish mumkin. Bunda
autentifikatsiya omili sifatida telefon nomeri (mamlakat, shahar, tuman kodi)
ishtirok etganligi sababli, bunday vositalarni, ko‘pincha, 2-turga (something you
have) tegishli deb hisoblashadi.
Agar tizimda turli tur autentifikatsiya omillarini birgalikda ishlatuvchi
vositalardan foydalanilsa, ko‘p omilli autentifikatsiya xususida gapirish mumkin.
Bunday tizimlarni ko‘p sathli himoyalash (defence in depth) kategoriyasiga tegishli
deb hisoblashadi. Shu sababli, bunday tizimlar faqat bitta tip qurilmalardan
foydalanuvchi tizimlarga nisbatan yuqori bardoshlikka ega. Hozirda ikki omilli
autentifikatsiya (two-factor authentication) keng tarqalgan. Masalan, zamonaviy
operatsion tizimlarni maxfiy PIN-kod va cmart-kartadan foydalanib sozlash
mumkin.
Parol tizimlari
. Maxfiy identifikatorlarga-parollarga (password) asoslangan
tizimlar autentifikatsiyaning an’anaviy vositalari hisoblanadi. Afsuski, parol
tizimlari, obyektiv va subyektiv sabablarga ko‘ra, zaif.