Shunday qilib, ERI tizimlari nafaqat ma’lumot yaxlitligini ta’minlaydi, balki
imzolovchining majburiyatlardan tonishiga yo‘l qo‘ymaydi (yoki rad etishni oldini
oladi). Shu sababli, ERI tizimlari ma’lumotlar yaxlitligini ta’minlovchi simmetrik
kriptotizimlarga asoslangan MAC tizimlaridan ajralib turadi.
MAC tizimlarida xesh qiymatni qayta hisoblay olmaslik uchun, matnga kalit
biriktirilgan bo‘lsa, ERI tizimlarida ma’lumotning xesh qiymati shaxsiy kaliti bilan
“shifrlash”
amalga
oshiriladi
va
ERI
hosil
qilinadi.
Ushbu
xabarni
“rasshifrovkalash” uchun esa tomonning ochiq kalitini bilishning o‘zi yetarli.
Demak, oddiy imzo tizimiga o‘xshash (oddiy imzo tizimida bir kishi imzo qo‘yadi
va qolganlardan uning haqiqiyligini tekshirish talab etiladi). ERI tizimida ham
shaxsiy kalit egasi xabarni imzolaydi, qolganlar esa, uning ochiq kalitidan
foydalanib, imzoni haqiqiyligini tekshiradi.
Agar A tomon xabar
ga imzo qo‘ygan bo‘lsa, u holda imzo