Yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rish mumkinki, hisoblash qurilmalari
imkoniyatining ortishi kriptografik algoritmlarning bardoshligini kamayishiga olib
keladi. Bu har ikkala simmetrik va ochiq kalitli kriptotizimlarga taalluqli.
3.4. Ma’lumotlar yaxlitligini taminlash usullari
Yuqorida keltirilgan har ikkala shifrlash algoritmidan (simmetrik va ochiq
kalitli) faqat ma’lumotlarning konfidensialligini taminlashda foydalanish xususida
aytib o‘tildi. Quyida esa ulardan ma’lumotlarning yaxlitligini tekshirishda
foydalanish masalasi bilan tanishib o‘tiladi.
Xesh funksiya. Xesh funksiyasi ( ing. hash function from hash - “turn into
qiyma”, “hash”) yoki konvolyutsiya funksiyasi ixtiyoriy uzunlikdagi kirish
maʼlumotlari massivini chiqish bit qatoriga
aylantiruvchi funksiyadir ,belgilangan
uzunlik, ma'lum bir algoritm tomonidan amalga oshiriladi. Xesh funktsiyasi
tomonidan
amalga
oshirilgan
transformatsiyaga
xashing
deyiladi. Kirish
ma'lumotlari kirish massivi, “
kalit
“ yoki “
xabar
“ deb ataladi. Konvertatsiya
natijasi “
xesh
“, “
xesh kodi
“, “
xesh summasi
“, “
hash
” deb nomlanadi. Xesh
funksiya quyidagi xususiyatlarga ega:
1. Ixtiyoriy uzunlikdagi matnga qo‘llash mumkin.
2. Chiqishda tayinlangan uzunlikdagi qiymat shakllanadi.
3. Berilgan ixtiyoriy
bo‘yicha
ℎ
(
) oson hisoblanadi.
4. Berilgan ixtiyoriy
bo‘yicha
ℎ
(
) =
tenglikdan
ni hisoblab topib
bo‘lmaydi (bir tomonlilik xossasi).
5. Olingan
va
≠
matnlar uchun
ℎ
(
) ≠
ℎ
(
) bo‘ladi (kolliziyaga bardoshlilik
xossasi).
Xesh
funksiya
yordamida
uzatilayotgan
ma’lumotlar
yaxlitligini
tekshirishning sodda ko‘rinishi 3.9-rasmda keltirilgan. Jo‘natuvchi xabarning xesh
qiymatini hisoblaydi va uni qabul qiluvchiga xabar bilan birgalikda yuboradi.
Qabul qiluvchi dastlab xabarning xesh qiymatini hisoblaydi va qabul qilingan xesh
qiymat bilan taqqoslaydi. Agar har ikkala xesh qiymat teng bo‘lsa, ma’lumotning
yaxlitligi o‘zgarmagan, aks holda o‘zgargan deb topiladi. Odatda xesh funksiya
kirishda ma’lumotdan tashqari xech qanday qiymatni talab etmagani bois, kalitsiz