Vazirligi denov tadbirkorlik va pedagogika instituti mamajanov r. Y., Rajabov t. J., Saidaxmedov e. I kiberxavfsizlik asoslari




Download 7,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/92
Sana22.07.2024
Hajmi7,29 Mb.
#268251
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   92
Bog'liq
Vazirligi denov tadbirkorlik va pedagogika instituti mamajanov r

qo‘l kaftining biometrik shakli bo‘yicha
. Ushbu usul qo‘l panjasining
shakliga asoslangan. Kaftni skanerlash vositalarining samaradorligi barmoq
skanerlari samaradorligi bilan taqqoslana oladi;
-
ko‘z to‘rpardasi bo‘yicha
. Bunda ko‘z qorachig‘i orqali uning orqa devori
qon tomirlariga yorug‘likning infraqizil nuri yo‘naltiriladi. Shu tariqa yoritilgan
ko‘z tubi maxsus kamera yordamida skanerlanadi;
-
ko‘zning rangdor pardasi bo‘yicha
. Rangdor pardadagi dog‘ insonning eng
noyob xarakteristikasi hisoblanadi. Usulning afzalligi shundaki, masofadan
skanerlash mumkin. Bu skanerlarni kuzatuv kameralari bilan integrallashga imkon
beradi;
-
yuzning shakli bo‘yicha
. Usul inson yuzining ko‘p o‘lchamli qiyofasini
qurishga asoslangan;


-
qo‘lyozma dastxat bo‘yicha
. Usul imzoning yoki maxsus iboraning grafik
identifikatsiyasiga asoslangan;
-
klaviatura dastxati bo‘yicha
. Usul, odatda, oldindan belgilangan matnni
klaviuaturada terishning o‘ziga xos xususiyatlariga asoslangan;
-
ovoz bo‘yicha
. Usul inson nutqining chastotasi yoki statistik
xarakteristikalari profiliga asoslangan. Afsuski, usul inson holatiga bog‘liq.
4.2-rasm. Biometrik namunalarga misol.
Autentifikatsiya sohasida foydalanish uchun ideal biometrik parametr
quyidagi xususiyatlarga ega bo‘lishi shart:
-
universal bo‘lishi
– biometrik parametrlar barcha foydalanuvchilarda
bo‘lishi;
-
farqli bo‘lish
i – barcha insonlarning tanlangan biometrik parametri bir-
biridan farqlanishi;
-
o‘zgarmaslik
– tanlangan biometrik parametr vaqt o‘tishi bilan o‘zgarmay
qolishi;
-
to‘planuvchanlik
– fizik xususiyat osonlik bilan to‘planuvchan bo‘lishi.
Amalda fizik xususiyatni to‘planuvchanligi, insonning autentifikatsiya jarayonga
e’tibor berishiga ham bog‘liq bo‘ladi.
Biometrik tizimlarning eng ishonchligi
– ko‘zning rangdor pardasi yoki ko‘z
to‘rpardasi bo‘yicha skanerlash. Hozirda beshta barmoq skaneri va bir vaqtda
barmoq izi va ko‘zning rangdor pardasidan foydalanuvchi kombinatsiyalangan
qurilmalar eng yuqori aniqlikni ta’minlaydi.
Biometrik
atributlar
bo‘yicha
autentifikatsiyalashning
o‘ziga
xos
xususiyatlari va kamchiliklari mavjud:
- biometrika faqat tirik organizmga mo‘ljallangan;


- ehtimollik xarakterga ega bo‘lganligi sababli, asboblarning ta’sirchanligini
hisobga olish lozim;
- aksariyat vositalar atrof-muhitga hamda insonning yoshi va sog‘lig‘iga
bog‘liq;
- hozirda barmoq izlari skanerlaridan tashqari barcha vositalar yetarlicha
qimmat;
- davlat tomonidan total nazorat tahdidi xususida foydalanuvchilarda
ishonchsizlikning mavjudligi.
Iste’molchi nuqtai nazaridan biometrik autentifikatsiyalash tizimi quyidagi
ikkita parametr orqali xarakterlanadi:
- FAR (False Acceptance Rate) – foydalanishga yolg‘on ruxsatlar chastotasi;
- FRR (False Rejection Rate) – foydalanishga yolg‘on inkorlar chastotasi.
1- va 2-xil xatoliklar (FAR va FRR ko‘rsatkichlari) o‘zaro bog‘langan: bir
parametr qanchalik yaxshi bo‘lsa, ikkinchisi shunchalik yomon bo‘ladi, ya’ni, bu
yerda teskari mutanosiblik mavjud. Mukammal biometrik tizimda xatolikning
ikkala parametri nolga teng bo‘lishi shart. Afsuski, biometrik tizim ideal emas. Shu
sababli nimanidur qurbon qilishga to‘g‘ri keladi.
Ma’lumotlardan foydalanishni mantiqiy boshqarish
Mantiqiy
boshqaruv.
Avtorizatsiya
(inglizcha avtorizatsiya “ruxsat;
avtorizatsiya”)foydalanishlarni
nazoratlashning
autentifikatsiyadan
o‘tgan
foydalanuvchilar harakatlarini cheklash qismi bo‘lib, aksariyat hollarda
foydalanishni boshqarish modellari yordamida amalga oshiriladi.
Foydalanishni boshqarish subyektning obyektga yo‘naltirilgan faollik
manbai imkoniyatini aniqlashdir. Umumiy holda foydalanishni boshqarish
quyidagi sxema orqali tavsiflanadi (4.3-rasm):
Ruxsat
Natija

Download 7,29 Mb.
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   92




Download 7,29 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Vazirligi denov tadbirkorlik va pedagogika instituti mamajanov r. Y., Rajabov t. J., Saidaxmedov e. I kiberxavfsizlik asoslari

Download 7,29 Mb.
Pdf ko'rish