|
Vazirligi guliston davlat
|
bet | 152/207 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 2,33 Mb. | | #237676 |
Bog'liq portal.guldu.uz-Xayot faoliyati xavfsizligi Mazkur Nizom:
Ishlab chiqarishda ishlayotgan davrida sud hukmi bo‘yicha jazoni o‘tayotgan fuqarolarga;
-ish beruvchilarga;
-pudrat va topshiriqlarga ko‘ra fuqarolik-huquqiy kontraktlar bo‘yicha ishlarni bajarayotgan shaxslarga;
-tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishda qatnashayotgan fuqarolarga;
-agar maxsus davlatlararo bitimda o‘zgacha hol ko‘rsatilmagan bo‘lsa, yollanib ishlayotgan chet el fuqarolariga;
-qurilish, qishloq xo‘jaligi va harbiy xizmatni o‘tash bilan bog‘liq bo‘lmagan o‘zga ishlarni bajarish uchun korxonaga yuborilgan harbiy xizmatchilarga, shujumladan, muqobil xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga;
-korxonada ishlab chiqarish amaliyotini o‘tayotgan talabalar o‘quvchilarga ham tatbiq etiladi.
Korxona hududida va uning tashqarisida mehnat vazifasini bajarilayotganda (shuningdek, xizmat safarlarida) yuz bergan jarohatlanish, zaharlanish, kuyish, cho‘kish, elektr toki va yashinurishi, o‘ta issiq yoki o‘ta sovuq harorat ta`siri, portlash, falokat, imoratlar, inshootlar va konstruktsiyalar buzilishi natijasida hamda sudralib yuruvchilar, hayvonlar va hasharotlar tomonidan shikastlanishlar, shuningdek, tabiiyofatlar (er qimirlashlar, o‘pirilishlar, suv toshqini, to‘fon va boshqalar) natijasida sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalar tekshiriladi va hisobga olinadi.
Tabiiy o‘lim, o‘zini o‘zi o‘ldirish, jabrlanuvchining o‘z salomatligiga qasddan shikast etkazishi, shuningdek, jabrlanuvchining jinoyat sodir qilish chog‘ida shikastlanishi holatlari (sud-tibbiy ekspertiza xulosasi yoki tergov organlarining ma`lumotlariga ko‘ra) tekshirilmaydi va hisobga olinmaydi.
Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa to‘g‘risida xabar berish SXEMASI
Korxona, yuqori turuvchi xo‘jalik organi, vazirlik, korporatsiya, kontsern nomi.
Hodisa yuz bergan sana, vaqt, joy, bajarilayotgan ish baxtsiz hodisa yuz bergandagi holatning qisqacha tavsifi.
Jabrlanuvchilar, shujumladan, halok bo‘lgan soni.
Jabrlanuvchi (halok bo‘lgan)ning ism-sharifi, yoshi, kasbi, lavozimi.
Xabar yuborilgan sana, vaqti, xabarni imzolagan shaxsning ism-sharifi, lavozimi.
N-1 shaklidagi dalolatnomani to‘ldirish
band. Agar jabrlanuvchi bir necha kasb egasi bo‘lsa, unda baxtsiz hodisa yuz berganda bajarayotgan kasbi ko‘rsatiladi.
band. Ish stajining to‘liq yillar soni ko‘rsatiladi, agar ish staji bir yildan kam bo‘lsa, unda oy va kunlar soni ko‘rsatiladi.
11.1-band. Baxtsiz hodisaning asosiy texnik va tashkiliy sabablari – asosiysi birinchi bo‘lib, qolganlari ahamiyatiga yarasha tartibda ko‘rsatiladi.
11.2-band. Jarohatga sabab bo‘lgan asbob-uskunaning nomi, turi, rusumi, chiqarilgan yili, tayyorlagan korxona nomi.
11.3-band. Sud - tibbiy muassasasi ma`lumotnomasi (xulosasi)ga asosan jabrlanuvchining hushyorligi (alkogol yoki narkotiklar ta`siridagi) ko‘rsatiladi.
|
| |