|
Vazirligi guliston davlat
|
bet | 151/207 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 2,33 Mb. | | #237676 |
Bog'liq portal.guldu.uz-Xayot faoliyati xavfsizligiPsixofiziologik sabablarga –bajarilayotgan ishga e’tiborsiz qaralishi, ishchining o‘z faoliyatiga bo‘lgan nazoratning bo‘shligi, jismoniy yoki asabiy toliqishlar misol bo‘la oladi..
Ishlab chiqarishdagi xavfli va zararli omillar: ishning turi va mehnat sharoitiga bog‘liq holda 4 guruhga bo‘linadi:
Fizikaviy
Kimyoviy.
Biologik.
Psixofiziologik.
Fizikaviy omillarga: harakatdagi mashina va mexanizmlar,ularning himoyalanmagan qo‘zg‘aluvchi mexanizmlari, ish joyi havosining yuqori darajada changlanganligi, gazlanganligi, yuqori miqdordagi shovqin, titrash,infratovush, ultratovush, ionli va elektr magnitli ionlanishlar, ultrabinafsha va infra qizil
nurlar,yuqori kuchlanishdagi elektr yoki magnit maydonlari, yoritilganlik darajasining meyoridan chetga chiqish kabi omillar kiradi.
Kimyoviy omillarga-ishlab chiqarish jarayonlarida ishlatiladigan yoki ajralib chiqadigan turli xil kimyoviy moddalar kiradi. Ularni insonga ta’sir etish xususiyatiga qarab quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: umumiy zaharlovchi,ko‘payish funksiyalariga ta’sir etuvchi, inson a’zolariga kirish yo‘li orqali esa: nafas yo‘li orqali ta’sir etuvchi, hazm yo‘li orqali, teri orqali ta’sir etuvchi omillarga bo‘linadi..
Biologik omillar-har xil jaroxatlar va kasalliklarni keltirib chiqaruvchi mikro- organizmlar, bakteriyalar, viruslar, rikketsiyalar, zamburug‘lar har xil zaharli o‘simliklar va hayvonlar kiradi.
Psixofiziologik omillar- jismoniy va asabiy zo‘riqishlar misol bo‘la oladi.
Jismoniy zo‘riqishlar statik, dinamik va gipodinamik holda bo‘lishi mumkin.
Asabiy zo‘riqish esa kuchli aqliy mehnatdan, mehnatni doimiy bir xil ko‘rinishida bo‘lishidan, kuchli hayajonlanish yoki asabiylashishdan sodir bo‘ladi.
Ishlarni og‘irlik va xavflilik-zararlilik darajasi bo‘yicha tafsiflanishi:
Barcha jismoniy ishlar 3 ta kategoriyaga ajraladi:
Yengil ishlar
O‘rtacha og‘irlikdagi ishlar,
Og‘ir ishlar.
Yengil ishlarni bajarishga – 172 j/s, o‘rtacha ishlarni bajarishga– 172, 293gacha j/s,og‘ir ishlarni bajarishga 293 j/s.dan ortiq energiya sarflanadi. Umuman, ishlarni og‘irlik darajasi bo‘yicha guruhlashda 50 ga yaqin mezon («kriteriya») hisobga olinishi mumkin.
Ishlar xavflilik va zararlik darajasiga qarab esa zararli, xavfli va o‘ta xavfli guruhlarga ajratiladi.
Zararli ishlarga nomaqbul iqlim sharoitida bajariladigan ishlar (kuchli shamol, past yoki yuqori harorat, namlik, yuqori darajada shovqin, titrash, har xil nurlar ta’sirida ishlash).
Xavfli ishlarga «montajchilar», o‘t yoquvchilar, elektriklar misol bo‘la oladi.
O‘ta xavfli ishlarga esa yong‘inni o‘chirish va uni oqibatlarini tugatish, tabiiy ofatlar davrida avariya –tiklash ishlarini olib borish misol bo‘ladi. 6 iyun 1997 yil Vazirlar Mahkamasining 286 – sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish” to‘g‘risidagi Nizom qabul qilindi.
Ushbu Nizom O‘zbekiston Davlati hududida mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar, muassasalari, tashkilotlarda, shuningdek, mehnat shartnomasi bo‘yicha ishlayotgan ayrim fuqarolar mehnat faoliyati bilan bog‘liq holda yuz bergan hodisalarni va xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olishning yagona tartibini belgilaydi.
|
| |