|
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
|
bet | 147/207 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 2,33 Mb. | | #237676 |
Bog'liq portal.guldu.uz-Xayot faoliyati xavfsizligi Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
Katta yoshlilarda yurak-o‘pka faoliyati qanday tiklanadi?
Bolalarda yurak-o‘pka faoliyatini tiklashning o‘ziga hos hususiyatlari
Nafas olish to‘xtaganda birinchi yordam qanday ko‘rsatiladi?
Tayanch-harakat apparatining anatomiyasi va fiziologiyasi
Tayanch-harakat sistemasi shikastlanishining sabablari va turlari
Sinish. Chiqish. Muskullar spazmasi (tortishishi)
Immobilizatsiya
Kuyish turlari va darajalarini sanab bering.
Kuyishda birinchi yordam qanday ko‘rsatiladi? 10.Sovuq urishi va uning darajalarini sanab bering. 11.Sovuq urishida birinchi yordam qanday ko‘rsatiladi?
I.2. Amaliy mashg‘ulot mavzulari Amaliy mashg‘ulot: HFXgi faninining asosiy tushunchalari va mohiyati.
Xavf turlari, ularni gruxlash va identifikatsiyalash.
Xavf, xavfsizlik madaniyati.
Mavzuning qisqacha bayoni: Xavf to‘g‘risida tushuncha: Xavf-hayot faoliyati xavfsizligining asosiy tushunchalaridan biri bo‘lib, inson faoliyati davrida uning sog‘lig‘iga bevosita yoki bilvosita zarar keltiruvchi, ya’ni ko‘ngilsiz oqibatlarga olib keluvchi holat, jarayon, ob’ekt va vositalardir.
Xavfning toksomaniyasi-bu uning kelib chiqishi tabiati turi, oqibatlari, tuzilishi insonga ta’sir etish xarakteri va shunga uxshash belgilari asosida tasniflanishi bir sistemaga keltirilishidir. Umuman, «toksomaniya» murakkab xodisalarjarayonlar tushunchalar va ob’ektlarning tasniflanishi hamda bir sistemaga solinishi to‘g‘risidagi fan hisoblanadi.
Xavfning quyidagi ko‘rinishdagi taksomaniyasi mavjud:
Xavfning yuzaga kelish tabiatiga ko‘ra: tabiy, texnik, antropogen, ekologik, aralash;
xavf ta’sirida ko‘ngilsiz oqibatlarni yuzaga kelish vaqtiga ko‘ra: impulsive, kumuletiv.
lokalizatsiya bo‘yicha: litosfera, gidrosfera, atmosfera, kosmos bilan bo‘g‘liq xavflar;
yuzaga keluvchi oqibatlar bo‘yicha: charchash, toliqish, zo‘riqish, kasallanish, shikastlanish, jarohatlanish, avariya, yong‘in;
keltirib chiqaruvchi zararga ko‘ra; sotsial, texnik, ekologik;
–yuzaga kelish sohasi bo‘yicha; madaniy, maishiy, transport, yul-transport, ishlab chiqarish, harbiy;
xavfning tarkibi va tuzulishiga ko‘ra: oddiy va xosilali(yasamali), ya’ni bir necha oddiy xavflar birikishi natijasida yangi, murakkab xavfning yuzaga kelishi;
–insonga ta’sir etish xarakteriga ko‘ra aktiv va passiv;
|
| |