|
Kuyishda birinchi yordam ko‘rsatish
|
bet | 143/207 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 2,33 Mb. | | #237676 |
Bog'liq portal.guldu.uz-Xayot faoliyati xavfsizligi Kuyishda birinchi yordam ko‘rsatish
Kuyish sabablarini bartaraf etgandan keyin ham yumshoq to‘qima kuyishda davom etib, yanada ko‘proq zararlanadi. Kuyish qattiq bo‘lmagan holatlarda kuygan joyni sovutish pufakchalar paydo bo‘lishining oldini olib, qattiq kuyishda to‘qimalarning zararlanishini kamaytiradi.
Jabrlanuvchi his etayotgan og‘riqning kuchli-kuchsizligiga qarab kuyish darajasi haqida xulosa chiqarilmaydi. Chunki kuyish oqibati sifatida nerv uchlari zararlangan bo‘lishi mumkin. Ko‘p hollarda kuygan joyni vrach ko‘zdan kechirishi kerak.
Agar kuyish natijasida nafas olish qiyinlashsa, tananing bir necha joyi jarohatlangan bo‘lsa, bosh, bo‘yin, qo‘l panjalari, oyoq kafti yoki jinsiy a'zolar jarohatlangan bo‘lsa, bola yoki yoshi ulug‘ odam jabrlangan bo‘lsa, ximiyaviy moddalardan kelib chiqqan va portlash yoki elektr toki urishi oqibati bo‘lsa, tez yordam chaqirish kerak.
Birinchi va ikkinchi darajali kuyishda kuygan joyni suvga tiqib yoki unga suv quyib sovutiladi, biroq suv haddan tashqari sovuq bo‘lmasligi kerak. Zararlangan joyni sovutgach, infektsiya tushishi, havo tegishiga yo‘l qo‘ymaslik hamda og‘riqni yengillashtirish uchun toza salfetka o‘raladi.
Pufakchalarni yorish mumkin emas, chunki terining butunligi infektsiya tushishidan saqlaydi. Pufakchalar o‘zi yorilgan bo‘lsa, zararlangan joyni jarohatlangandagi kabi, sovunlab yuvib, sterillangan bog‘lam bog‘lanadi.
Uchinchi darajali kuyishda tez yordam chaqiriladi va nafas yo‘llari yoki o‘pka kuyganidan gumon qilinsa, nafas olinishini muntazam kuzatib boriladi. (Nafas yo‘llari kuysa, shishib, jabrlanuvchining nafas olishini qiyinlashtirib kuyishi mumkin). Ikkilamchi ko‘zdan kechirishda, kuyganlikni ko‘rsatuvchi bironta qo‘shimcha belgi bor-yo‘qligini tekshiriladi. Kuygan joyga ho‘llangan sochiq yoki boshqa bironta mato bosiladi. Bu kompress ustiga suv quyib, uni doim sovuq tutib turiladi. Aks holda darrov isib, qurib qoladi. Uchinchi darajali kuyish shok holatiga olib kelishi mumkin. Agar jabrlanuvchi nafas olishda qiynalmayotgan bo‘lsa, undan yotib olishini iltimos qilinadi. Kuyishdan jabrlangan odam, odatda, titraydi. Uning tana haroratini bir xilda tutib turish lozim9.
Agar kuygan joy katta bo‘lsa, butun jarohatlangan joyni birvarakay sovutishga urinmaslik kerak, bu hol jabrlanuvchi tana haroratining umumiy pasayib ketishiga olib kelishi mumkin. Kuygan joyning bir qismini sovutib, qolgan joyiga toza mato yopib qo‘yiladi.
|
| |