|
Kimyoviy moddalar ta'sirida kuyishda birinchi yordam ko‘rsatish
|
bet | 144/207 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 2,33 Mb. | | #237676 |
Bog'liq portal.guldu.uz-Xayot faoliyati xavfsizligi Kimyoviy moddalar ta'sirida kuyishda birinchi yordam ko‘rsatish
9 Rui Manuel da Torre Vieito, Sergio Alexandre Neves Gulmaraes, Advanced Training Manual for First-Aid. Junho 2008.
Kimyoviy moddalar ta'sirida kuyish ishlab chiqarishda ham, uy sharoitida ham ro‘y berishi mumkin. Bunday kuyish oqartiruvchi moddalar, suv oqib chiqib ketadigan quvurlar, vanna, hojatxonani tozalash vositalari, bo‘yoqni yuvib ketkazuvchi moddalar yoki bog‘dorchilikda ishlatiladigan kimyoviy moddalar ta'sirida yuzaga kelishi mumkin. Kimyoviy modda teriga ta'sir etib turar ekan, kuydirishda davom etaveradi. Shuning uchun bunday modda teriga tushsa, uni darhol bartaraf etish chorasini ko‘rish kerak.
Buning uchun:
Quruq kimyoviy moddalarni himoyalangan qo‘l bilan teridan sidirib tashlanadi.
Kuygan joyni kamida 20 minut davomida sovuq suv quyib yuvib tashlanadi. Yuqori bosimli oqimdan foydalanmaslik kerak, chunki bu kuygan teriga yanada ko‘proq zarar keltirishi mumkin. Tez yordam yetib kelgunicha kuygan joyni yuvish davom ettiriladi.
Jabrlanuvchidan kimyoviy modda tekkan kiyimini yechishni iltimos qilinadi.
Ko‘zga kimyoviy modda tushgan bo‘lsa, 20 minut davomida yoki tez yordam yetib kelguniga qadar yuvish kerak. Kimyoviy modda sog‘ ko‘zga tushmasligi uchun jarohatlangan ko‘zni pastroq tutish, zararlangan ko‘zni bog‘lab qo‘yish lozim.
Past harorat ta'sirida to‘qimalarning shikastlanishiga sovuq urishi deyiladi. Sovuq urishining sabablari turli-tuman va ma'lum sharoitlarda (ortiqcha namlik, tor va ho‘l poyafzal, harakatsiz turish, uzoq vaqtgacha sovuqning ta'sir qilishi, shamol, shikastlangan kishi umumiy ahvolining yomonligi-kasallik, qoq suyak bo‘lib oriqlash, mastlik, qon yo‘qotish va hokazo) harorat, hatto noldan yuqori 3-7°C bo‘lganda ham sovuq urishi mumkin. Ko‘pincha qo‘l-oyoqning distal bo‘limlarini (tanadan uzoq bo‘lgan qismi), quloq, burunni sovuq uradi. Sovuq urganda odam avval sovqotadi, keyin bu karaxtlik bilan almashinadi, bunda og‘riq, so‘ngra har qanday sezuvchanlik ham yo‘qoladi. Bunday og‘riq sezmaslik past harorat ta'siri davom etayotganini bilintirmay qo‘yadi, bu aksari to‘qimalarda tiklanmaydigan jiddiy o‘zgarishlar ro‘y berishiga sabab bo‘ladi.
Og‘ir-yengilligiga va chuqurligiga ko‘ra sovuq olishning to‘rt darajasi farq qilinadi. Uning darajasini shikastlangan kishini isitishdan keyin, ba'zan bir necha kun o‘tgach aniqlash mumkin.
|
| |