|
Sovuq urishining I darajasi
|
bet | 145/207 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 2,33 Mb. | | #237676 |
Bog'liq portal.guldu.uz-Xayot faoliyati xavfsizligiSovuq urishining I darajasi terida qon aylanishining buzilishlari bilan xarakterlanadi, lekin bu o‘zgarishlar tiklanadi. Shikastlangan kishining terisi oqarib ketgan, bir oz shishgan, sezuvchanligi keskin pasaygan yoki batamom yo‘qolgan. Isitishdan so‘ng teri ko‘kimtir-qizil tusga kiradi, shish kamayadi, bunda ko‘pincha lo‘qillagan og‘riq bo‘ladi. Yallig‘lanish (shish, qizillik, og‘riq bir necha kungacha saqlanib, so‘ngra asta-sekin yo‘qoladi. Keyinroq terining po‘st tashlashi va qichishi kuzatiladi. Sovuq urgan soha ko‘pincha sovuqqa ojiz bo‘lib qoladi.
Sovuq urishining II darajasi teri yuza qatlamlarining nekrozi bilan yuzaga chiqadi. Isitishdan so‘ng shikastlangan kishining oqargan terisi to‘q qizil-ko‘kimtir tusga kiradi, tezda to‘qimalar shishib rivojlanib, sovuq urgan joy atrofiga ham tarqaladi. Sovuq urgan sohada tiniq yoki oq rangli suyuqlik bilan to‘lgan
pufakchalar hosil bo‘ladi. Shikastlangan sohada qon aylanishi asta-sekin tiklanadi, terida sezuvchanlikning buzilishi uzoq vaqtgacha saqlanib qolishi mumkin, biroq ayni vaqtda birmuncha og‘riq bo‘lishi qayd qilinadi.
Sovuq urishining bu darajasida umumiy hodisalar ro‘y beradi: tana harorati ko‘tariladi, et junjikadi, ishtaha va uyqu yomonlashadi. Ikkilamchi infektsiya rivojlanmasa, shikastlangan sohada terining nekrozga uchragan yuza qatlamlari granulyatsiya va chandiq hosil qilmay asta-sekin (15-30 kunda) ko‘chib tushadi. Bu joydagi teri uzoq vaqtgacha ko‘kimtir, sezuvchanligi past bo‘lib qoladi.
Sovuq urishining III darajasida qon ta'minotining buzilishi (tomirlar trombozi) terining hamma qavatlari va yumshoq to‘qimalarning har xil chuqurlikda nekrozga uchrashiga olib keladi. Bunda nechog‘li chuqur shikastlanganlik asta- sekin aniqlanadi. Dastlabki kunlari teri nekrozi qayd qilinadi: gemorragik va to‘q qo‘ng‘ir rangli suyuqlik bilan to‘lgan pufakchalar paydo bo‘ladi. Terining nekrozga uchragan qismi atrofida yallig‘langan gardish (demarkatsion chiziq) paydo bo‘ladi. Chuqur to‘qimalarning shikastlari 3-5 kun o‘tgach, avj olayotgan nam gangrena ko‘rinishida aniqlanadi. To‘qimalarning sezuvchanligi butunlay yo‘qoladi, biroq bemorlar azob beradigan og‘riqdan nolishadi.
Sovuq urishining bu darajasida umumiy hodisalar bir muncha ko‘p yuzaga chiqadi. Intoksikatsiya bemorning qattiq titrab-qaqshashi va terlashi, kayfiyatining buzilishi, atrofdagi hodisalarga befarq qarashida ko‘rinadi.
|
| |