• Shina qo‘yishda quyidagilarga rioya qilinadi
  • Vazirligi guliston davlat




    Download 2,33 Mb.
    bet141/207
    Sana16.05.2024
    Hajmi2,33 Mb.
    #237676
    1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   207
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-Xayot faoliyati xavfsizligi

    Immobilizatsiya – jarohatlangan a'zoni harakatsizlantirishdir.
    Tayanch-harakat apparati shikastlanganda ba'zan qon ketadi, og‘riq qattiq bo‘ladi yoki suyak tashqariga chiqib qoladi. Bunday shikastlanish jabrlanuvchining hayotiga kamdan-kam hollarda xavf tug‘diradi. Lekin bosh, bo‘yin yoki orqa shikastlangan bo‘lsa, shikastlanish natijasida yurish yoki nafas olish qiyinlashsa, ko‘p joy shikastlangan bo‘lsa, albatta tez yordam chaqirish kerak bo‘ladi.
    Tez yordam yetib kelguncha jabrlanuvchi tanasining shikastlangan qismini qo‘l bilan tutib turib, boshqa buyumlar, masalan, yostiq, adyol, kiyim bilan qimirlamaydigan qilib qo‘yiladi.
    Tez yordam darhol kelmasa yoki jabrlanuvchini shaxsiy transportda mustaqil olib ketmoqchi bo‘linsa tananing jarohatlangan qismining qimirlamasligini ta'minlash zarur bo‘ladi.
    Tananing shikastlangan qismini harakatsizlantirib (ko‘zg‘almaydigan qilib) qo‘yish natijasida og‘riqni kamaytirishga, qo‘shimcha shikastlanishning oldini olishga, qon ketishi xavfini kamaytirishga, tananing jarohatlangan qismida qon aylanishi buzilishi ehtimolini kamaytirishga, yopiq siniqning ochiq siniqqa aylanib ketishining oldini olishga erishiladi.
    Shikastlangan joyni taxtakachlash, qattiq tutib turuvchi bog‘lam qo‘yish yoki bint bilan o‘rash orqali qimirlamaydigan qilib qo‘yiladi. Buning uchun shinadan foydalaniladi. Shina uch xil: yumshoq, qattiq va anatomik bo‘ladi. Yumshoq shina sifatida taxlangan adyol, sochiq, yostiq, qimirlatmaydigan bog‘lam yoki bintdan foydalaniladi. Qattiq shinaga taxtacha, metall tilimi, karton, buklangan jurnal va hokazolar kiradi. Anatomik shinada jabrlanuvchining o‘z tanasidan foydalaniladi. Masalan, qo‘l - jabrlanuvchining ko‘kragiga bint bilan tortib qo‘yilishi, oyog‘i – sog‘ oyog‘iga bog‘lab qo‘yilishi mumkin.

    Shina qo‘yishda quyidagilarga rioya qilinadi:


    1. Shikastlangan joy holatini o‘zgartirmasdan taxtakachlanadi

    2. Ham shikastlangan joy, ham undan yuqorida va quyida joylashgan bo‘g‘imlar qo‘shib taxtakachlanadi

    3. Taxtakachlashdan oldin ham, keyin ham tananing shikastlangan qismidagi qon aylanishini tekshiri, shikastlangan qo‘l yoki oyoq barmoqlarini tekshirish, ular ushlaganda iliq va tirnog‘i yoni pushti rang bo‘lishi lozim. Uvishgani to‘g‘risida shikoyat bo‘lsa, bog‘lam bo‘shatiladi.

    4. Taxtakachni shikastlangan joyning yuqorisidan hamda quyisidan mahkamlab qo‘yish lozim.

    Ochiq siniqdan tashqari har qanday shikastlanishda muz qo‘yiladi. Sovuq og‘riqni kamaytirib, shishni pasaytiradi, chunki u qon tomirlarini toraytiradi. Odatda, sovuq narsa har soatda 15 minutdan qo‘yiladi8. Zarur bo‘lgan hollarda shikastlanishdan keyingi dastlabki ikki kecha-kunduz davomida shunday qilinadi.
    Teri qoplamini muhofaza qilish uchun muz kompress bilan teri orasiga doka yoki mato qatlami qo‘yiladi. Muzni polietilen paketga solib hamda uni ho‘llangan sochiqqa o‘rab kompress qilish ham mumkin. Ochiq sinishda sovuq kompress qo‘yilmaydi, chunki singan joyga bosim bilan ta'sir ko‘rsatish og‘riqni keltirib chiqaradi. Boylam va muskullar cho‘zilganda, shish qaytgach (odatda, 2-3 kundan so‘ng), shikastlangan qismga qon oqimini kuchaytirish uchun iliq kompress qo‘yiladi. Shunda bitish jarayoni tezlashadi.
    Shikastlangan joyni ko‘tarib qo‘yish qon oqimini sekinlashtiradi, bu o‘z navbatida shishni kamaytiradi.



    Download 2,33 Mb.
    1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   207




    Download 2,33 Mb.