• Boylamlarning cho‘zilishi va uzilishi
  • Muskullar spazmasi (tortishishi)
  • Vazirligi guliston davlat




    Download 2,33 Mb.
    bet140/207
    Sana16.05.2024
    Hajmi2,33 Mb.
    #237676
    1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   207
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-Xayot faoliyati xavfsizligi

    ChIQISh


    Chiqish - suyakning bo‘g‘imdagi o‘z normal holatiga nisbatan siljishidir.
    Chiqish, odatda, katta kuch ta'siri ostida ro‘y beradi.
    Suyak boshchasi o‘zining normal holatidan tashqari chiqsa, boylamlar cho‘ziladi yoki uziladi. Chiqishga sabab bo‘lgan kuch ta'sirida suyak sinishi hamda yaqin atrofdagi nervlar va qon tomirlari zararlanishi mumkin. Chiqishni bo‘g‘imlar shaklining ko‘zga tashlanadigan darajada buzilishiga qarab aniqlasa bo‘ladi.

    Boylamlarning cho‘zilishi va uzilishi


    Suyak odatiy harakat amplitudasidan tashqari chiqqanda boylam cho‘ziladi. Bo‘g‘inga haddan tashqari og‘ir yuk tushishi boylamlarning to‘la uzilishiga hamda suyak chiqishiga olib kelishi mumkin. Bunday hollarda suyak sinishi ham mumkin.
    Boylamlar yengil cho‘zilganda, odatda, tez tuzalib ketadi. Jabrlanuvchi qisqa vaqt og‘riq sezib yurishi mumkin, biroq tezda bir oz og‘riq his qilgan holda yoki umuman og‘riq his qilmay jismoniy faollikni yangidan boshlab yuborishi mumkin.


    Chiqish - suyakning bo‘gimdagi o‘z normal holatiga nisbatan siljishi. Shuning uchun kishilar bunday hodisalarga ko‘pincha e'tibor berishmaydi, natijada bo‘g‘im qayta shikastlanishi mumkin. Boylamlar cho‘zilishining og‘ir shaklida bo‘g‘im sal harakatga kelsa, qattiq og‘riq sezadi. To‘piq va tizza bo‘g‘imlari, barmoqlar va bilak boylamlari cho‘zilishi ko‘p uchraydi.
    Ba'zan boylamlarning cho‘zilishi sinishga qaraganda jiddiyroq funktsional oqibatlar keltirib chiqarishi mumkin. Singandan keyin bitgan suyak kamdan-kam hollarda qayta sinadi. Bo‘g‘im esa, boylamlar cho‘zilganidan yoki uzilganidan keyin, ancha beqaror (o‘ynoqi) bo‘lib qolishi mumkin. Bu hol qayta shikastlanish ehtimolini oshiradi.




    7 Михаил Морозов. Основы первой медицинской помощи. Учебное пособие „СпецЛит“», 2013

    Muskullar spazmasi (tortishishi)


    Muskullar spazmasini shikastlanishga yo‘yib bo‘lmasa-da, u og‘ir jismoniy ishni bajarishda yoki oyoq - qo‘l uzoq vaqt davomida bir xil holatda turganida yuzaga keladigan og‘riq turidir. Odatda, shu joyni cho‘zish (uzatish) hamda uqalab yuborish, dam olish, shuningdek holatni o‘zgartirish og‘riq bartaraf etilishi uchun yetarli hisoblanadi. Qizib ketish natijasida muskulga yuk ko‘p tushishi tufayli sodir bo‘ladigan tortishish muskul spazmasini eslatishi mumkin, lekin u issiqda jismoniy mashqlarni bajarish jarayonida muskullar suyuqlik yo‘qotishi natijasida ham sodir bo‘lishi mumkin.
    Tayanch-harakat apparati shikastlanishining belgilari quyidagilardan iborat:

    • og‘riq,

    • shish,

    • odatdagi harakatlarni bajara olmaslik,

    • teri rangining o‘zgarishi,

    • deformatsiya (shakl o‘zgarishi),

    • tashqi qon ketishi,

    • shikast yetgan paytda suyaklarda qisirlagan yoki shaqillagan tovushning eshitilishi.

    Ozmi-ko‘pmi jiddiy shikastlanishda og‘riq, shish bo‘ladi va o‘sha joyga tekkanga og‘riydi.
    Deformatsiyada shish, g‘ayrioddiy g‘adir-budurlik, bo‘rtiq, chuqurcha paydo bo‘ladi, tananing ma'lum qismi g‘ayriodatiy burchak ostida ko‘rinadi. Tananing shikastlangan va sog‘ qismlarini solishtirib deformatsiyani oson aniqlab olish mumkin.
    Jabrlanuvchining o‘zi tanasining qaysi qismi qimirlamasligini yoki qanaqa harakat og‘riq paydo qilayotganini aytishi mumkin.

    Download 2,33 Mb.
    1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   207




    Download 2,33 Mb.