|
Bo‘g‘ilishning oldini olish
|
bet | 137/207 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 2,33 Mb. | | #237676 |
Bog'liq portal.guldu.uz-Xayot faoliyati xavfsizligi
Tili ichga botishi natijasida xushsiz bo‘lgan jabrlanuvchining bo‘g‘ilishini uni tiklanish holatida yotqizish yo‘li bilan bartaraf qilish mumkin.
Ovqatlanish vaqtida ehtiyotkorlikka rioya qilinsa, bo‘g‘ilishning oldini olish mumkin.
yutish oldidan ovqatni yaxshilab chaynash, uni shoshmasdan yeyish, hech nima bezovta qilmayotgan vaqtda ovqatlanish, ovqat og‘izda turganda gapirmaslikka va kulmaslikka harakat qilish,
og‘izda ovqat borligida yurmaslik va boshqa jismoniy ishlar bilan mashg‘ul bo‘lmaslik,
yot jismlarni, masalan, ruchka qopqog‘i yoki mixni og‘izga solmaslik.
Go‘daklar va bolalar xavfli guruhga kiradi. Shuning uchun ota-onalar va qarovchilar quyidagi tavsiyalarga rioya qilishlari kerak:
bolalarni baland stul yoki xavfsiz o‘rindiqqa o‘tq’azib, keyin ovqatlantirish, yosh bolalarga qo‘lida yoki og‘zida ovqat borligida yurishga ruxsat bermaslik,
go‘daklar va bolalarni yumshoq ovqatlar bilan kam miqdorlarda ovqatlantirish. U ovqatlanayotganda doimo kuzatib turish,
bolaning yonida u og‘ziga solishi mumkin bo‘lgan mayda buyumlar yoki o‘yinchoqlar bo‘lmasligini tekshirish,
havo sharlariga tegishga yo‘l qo‘ymaslik, chunki agar shar yorilsa, bola o‘zi bilmagan holda sharning mayda bo‘lakchalarini yutib yuborishi mumkin.
Bo‘g‘ilish belgilari va alomatlari
Katta yoshdagi jabrlanuvchi, odatda, bo‘g‘ilib qolganini imo-ishora bilan ko‘rsata oladi. Go‘daklar yoki bolalar to‘satdan nafas ololmasa, ehtimol, nimadandir bo‘g‘ilgan bo‘ladi.
Bo‘g‘ilishda birinchi yordam
Agar jabrlanuvchining nafas yo‘llari qisman o‘tkaza olmasa, unga yo‘talib, tomoqni ochishiga halaqit bermaslik kerak, shunda, balki, yot jism o‘zidan-o‘zi chiqib ketar. Yo‘tala olgan yoki gapira olgan kishi nafas olish uchun kerakli havoni oladi. Jabrlanuvchiga yo‘talib tomoqni ochishni aytib, uning yonida bo‘lish lozim. Agar yo‘tal to‘xtamasa, tez yordamni chaqirish darkor.
Kimdir yot jismlar kirgani tufayli bo‘g‘ilgan bo‘lsa, iloji boricha tezroq nafas yo‘llarining o‘tkazuvchanligini ta'minlash kerak.
Bunday holda birinchi yordam ko‘rsatish qoringa turtish yoki Geymlix usuli deb ataladigan yo‘lni qo‘llashga asoslanadi6. Keskin turtkilar natijasida yot jism
6 Rui Manuel da Torre Vieito, Sergio Alexandre Neves Gulmaraes, Advanced Training Manual for First-Aid. Junho 2008.
nafas yo‘llaridan xuddi shampan shishasidagi po‘kak singari otilib chiqadi.
Qo‘llaniladigan usul jabrlanuvchining es-xushiga, yoshiga, go‘dak yoki bolaligiga bog‘liq.
Qoringa turtish o‘pkadagi havo nafas yo‘llaridagi yot jismni surib chiqarishga majburlab, yo‘tal qo‘zg‘aydi.
Semiz odamlar va homilador ayollar uchun boshqa usullar qo‘llaniladi.
Agar qoringa turtish uchun jabrlanuvchini quchoqlab olish imkoni bo‘lmasa yoki agar jabrlanuvchi homilador ayol bo‘lsa, ko‘krakka turtki beriladi.
Ba'zi hollarda kattalarga bo‘g‘ilganda birinchi yordam ko‘rsatilayotganda qorniga emas, balki ko‘kragiga turtiladi. Buning uchun bemorning orqasiga turib, qo‘llarni jabrlanuvchining q’o‘ltig‘idan o‘tkazib, ko‘krak qafasini quchoqlab olinadi. Qoringa turtgandagi kabi bir qo‘lni musht qilib, uni bosh barmoq tomondan ko‘krakning o‘rta qismiga siqiladi. Musht qovurg‘alarda emas, balki ko‘krakning markazida bo‘lishi kerak. Mushtni ikkinchi qo‘lning kafti bilan ushlab ichkariga yo‘nalgan holda turtiladi. Yot jism chiqib ketmaguncha, jabrlanuvchi nafas olmaguncha, kuchli yo‘talmaguncha yoki es-xushini yo‘qotmaguncha shunday turtishlar takrorlanadi.
Agar jabrlanuvchining yonida hech kim bo‘lmasa, u holda mustaqil ravishda qoringa ikki xil usulda turtki berish mumkin. Bir qo‘lni musht qilib, uni bosh barmoq tarafdan qorinning o‘rta qismiga, kindikdan bir oz yuqoriga, ko‘krak chetidan ancha pastga bosiladi. Mushtni ikkinchi qo‘lning kafti bilan ushlab, yuqoriga keskin turtki beriladi. Yoki oldinga egilib, qandaydir qattiq jismga, masalan, stulning suyanchig‘i, panjara-to‘siq yoki rakovinaga qorinni tirab, ichkariga bosiladi.
Agar xushsiz yotgan jabrlanuvchida nafas yo‘llarining o‘tkaza olmay qolishi tilning ichga botishi natijasida yuz bergan bo‘lsa, u holda boshni orqaga egib, iyakni ko‘tarish yo‘li bilan nafas yo‘lining ochilishini ta'minlash mumkin. Agar bunga to‘qimalarning shishganligi sabab bo‘lgan bo‘lsa, tezda tibbiy yordam chaqirish lozim, chunki nafas yo‘lini ochishning boshqa yo‘li yo‘q. Boshni orqaga egib, iyakni ko‘tarish usuli tomoqni tilning ichga botishiga to‘sqinlik qiluvchi holatga keltiradi. Jabrlanuvchining yana qandaydir jarohat olganligi ehtimoli bo‘lsa, uning nafasi bor-yo‘qligini tekshirmay turib, uni qo‘zg‘atilmaydi. Jabrlanuvchi nafas olmayotgan bo‘lsa, bir qo‘l bilan boshi va bo‘ynini ushlagan holda, ikkinchi qo‘l bilan uni orqasi bilan yotqiziladi. Shundan so‘ng bir qo‘l bilan boshini orqasiga egib, shu vaqtning o‘zida ikkinchi qo‘l bilan iyak ko‘tariladi. Jabrlanuvchining burun teshiklarini siqib, uning o‘pkasiga ikki marta havo puflanadi. Agar havo o‘pkaga ravon o‘tsa, jabrlanuvchining nafas yo‘llari ochiq hisoblanadi.
Nafas yo‘llarini ochishning boshqa usuli boshni orqaga egmasdan pastki jag‘ni ko‘tarishdan iborat. Bosh yoki umurtqa pog‘onasida jarohat bor - yo‘qligiga shubha tug‘ilganda, har doim shu usul qo‘llaniladi. Avtomobil halokati, balandlikdan ag‘darilish, suvga sho‘ng‘ish yoki sport mashg‘ulotlaridagi kabi kuchli zarba ta'sirida shikastlangan jabrlanuvchida shunga o‘xshash jarohat borligini taxmin qilish lozim. Bunday vaziyatda engakni ko‘targan holda boshni
orqaga egish usuli o‘rniga boshni orqaga egib pastki jag‘ni ko‘tarish yo‘li qo‘llaniladi. Shunday qilinganda bosh va bo‘yin harakati minimal bo‘ladi.
Ikkala qo‘lning barmoqlari bilan pastki jag‘ning turtib chiqqan burchaklarini ushlab, uni oldinga siljitiladi. Ikkala qo‘l bandligidan jabrlanuvchining burnini yuz bilan yoki ikkala bosh barmoq bilan berkitib, uning o‘pkasiga ikki marta havo puflash mumkin.
Yot jism chiqib ketishi yoki jabrlanuvchi nafas olishi yoki yo‘tala boshlashi bilanoq turtish va urishni to‘xtating. Yot jism nafas yo‘llaridan chiqib ketganligiga ishonch hosil qilish kerak. U erkin nafas olayotgani yoki hali ham qiynalayotganini aniqlash zarur. Qorin va ko‘krakka turtishlar ichki a'zolarga shikast yetkazishi mumkinligidan jabrlanuvchini tekshirish uchun yaqin oradagi shifoxonaga yuborish lozim.
Yot jism chiqib ketmaguncha, jabrlanuvchi nafas olmaguncha yoki kuchli yo‘talmaguncha, jabrlanuvchi hushsiz bo‘lib qolguncha qoringa turtish davom ettiriladi.
Bir yoshdan katta bo‘lgan bola bo‘g‘ilganda unga birinchi yordam katta odamlarga ko‘rsatilganidek bo‘ladi. Albatta, bunda bolaning og‘irligi va gavdasi nazarda tutiladi. Shunga ko‘ra qoringa beriladigan turtki kuchi, tabiiyki, kattalarga qo‘llaniladigandan ancha farq qiladi. Usulning boshqa tomonlari bir xil bo‘ladi. Bir yoshdan kichik go‘dak bo‘g‘ilganda birinchi yordam ko‘rsatish ikki barmoq bilan ko‘krakka turtish va orqa tomoniga kaft bilan urishdan iborat. Go‘daklarning qorniga turtish mumkin emas.
Agar go‘dak bo‘g‘ilgan bo‘lsa go‘dakning yuzini pastga qilib to‘nkariladi, uning boshi va bo‘ynini ushlab, boshini gavdasidan pastda qilib, bilak ustiga yotqiziladi va yuzini pastga qilib to‘nkariladi. So‘ng orqasiga 5 marta urib-urib, uni qo‘lga olib son ustida tutiladi. Ikkinchi qo‘l kafti bilan go‘dakning kuraklari o‘rtasiga 5 marta keskin urib-urib qo‘yiladi.
Bu usul yot jism chiqib ketmaguncha, go‘dak yig‘lamaguncha, nafas olmaguncha yoki kuchli yo‘talmaguncha va go‘dak xushini yo‘qotmaguncha davom ettiriladi.
Hushidan ketgan go‘dakka nafas yo‘llari butunlay o‘tkaza olmay qolganida birinchi yordam ko‘rsatishdan avval go‘dakning hushi joyidaligi tekshiriladi, baland ovoz bilan go‘dakning nomini aytib chaqiriladi, agar sezmasa, badanini chimchilab ko‘riladi.
Agar go‘dak nafas olmasa, 2 marta puflash o‘tkaziladi. Buning uchun boshini orqasiga egib turib, go‘dakning og‘zi va burnini lab bilan yaxshilab yopib, 1-1,5 sekund davomida 2 marta puflash o‘tkaziladi. O‘pkaga nafas o‘tayotganiga ishonch hosil qilish uchun ko‘krak qafasining ko‘tarilishini kuzatib turiladi.
Agar havo shunda ham o‘pkaga o‘tmasa tez yordam chaqiriladi. Go‘dakning yuzini pastga qilib to‘nkarib, uning boshi va bo‘ynini ushlab, uni bilak ustiga qo‘yib, yuzini pastga qaratib (boshi gavdasidan pastda bo‘lsin), orqasiga 5 marta urib-urib qo‘yiladi. So‘ng go‘dakni orqasi bilan yotqizib, boshi va bo‘ynini ushlab, go‘dakni tizza ustiga orqasi bilan yotqizib, boshini gavdasidan pastda qilib ushlanadi. Ko‘krakka 2 sm chuqur botadigan qilib 5 marta turtiladi. Og‘iz
bo‘shlig‘ida yot jismlar borligi tekshiriladi. Buning uchun bosh barmoq bilan tilini pastki jag‘ga tomon bosib, uni bir oz siljitiladi.
Agar og‘izda yot jism bor bo‘lsa, bukilgan barmoq bilan uni bir harakat bilan olib tashlash kerak. Nafas yullarini ochib, 2 marta puflanadi. Buning uchun go‘dakning boshini orqasiga egib, iyagi bir oz ko‘tariladi. Lab bilan go‘dakning og‘zi va burnini yaxshilab berkitib, 1-1,5 sekund davomida 2 marta puflanadi.
Agar havo o‘pkaga o‘tmasa, quyidagi holatlar yuz bermaguncha orqasiga urib-urib qo‘yish, ko‘krakni turtish va og‘izga puflash ketma-ketligi takrorlanadi:
yot jism chiqib ketmaguncha,
go‘dak nafas ola boshlaguncha yoki yo‘tala boshlaguncha,
tez yordam yetib kelguncha.
Agar havo o‘pkaga o‘tayotgan bo‘lsa, nafas va tomir urishi bor-yo‘qligi tekshiriladi.
|
| |