• Nafas olish to‘xtaganda birinchi yordam ko‘rsatish: kattalar va bolalarda suniy o‘pka ventilyatsiyasini o‘tkazish
  • Bolalarda yurak-o‘pka faoliyatini tiklashni o‘tkazish




    Download 2,33 Mb.
    bet135/207
    Sana16.05.2024
    Hajmi2,33 Mb.
    #237676
    1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   207
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-Xayot faoliyati xavfsizligi

    Bolalarda yurak-o‘pka faoliyatini tiklashni o‘tkazish


    Eng avvalo, hodisa sodir bo‘lgan joyda xavf-xatar yo‘qligiga ishonch hosil qilinadi. Buning uchun jabrlanuvchining hushi joyidaligini aniqlab, "Sizga yordam kerakmi?" deb baland ovozda so‘raladi.
    Nafas yo‘llarini ochib, nafas bor-yo‘qligi tekshiriladi. Bolaning boshini asta orqaga egib, iyagini ko‘tarib, nafas bor-yo‘qligini aniqlash uchun 5 sekund davomida ko‘rish, eshitish, sezish nazoratidan foydalaniladi.
    Bola nafas olmayotgan bo‘lsa, bolani qattiq joyga orqasi bilan yotqizing, bunda boshi va yuragi bir xil tekislikda bo‘lishi kerak. "Og‘izdan-og‘izga" ikki marta to‘la puflanadi. Buning uchun bolaning burun kataklarini qisib, har biri 1,5-2 sekund davom etadigan qilib ikki marta to‘la puflanadi, havo o‘pkaga o‘tayotganiga ishonch hosil qilish uchun ko‘krak qafasi ko‘tarilishi kuzatiladi. Tomiri urayotgan-urmayotgani uyqu arteriyasidagi tomir urishidan tekshiriladi.
    Yurakni yopiq massaj qilish uchun qo‘lni to‘g‘ri qo‘yish lozim. Barmoq bilan to‘shning quyi chekkasidagi chuqurchani topib, boshqa qo‘l kaftini to‘shning barmoqlar turgan joyidan yuqoriroqqa qo‘yiladi.
    To‘shni 5 marta bosiladi. Bosishda qutqaruvchining elkasi kaftlari ustida turishi lozim. To‘sh 3 sm gacha chuqurlikda, 3 sekund ichida taxminan 5 marta bosilishi lozim. Bir maromda, tikka, qo‘lni doimo to‘sh ustida tutgan holda bosish kerak. Boshqa qo‘l bilan havo yo‘llari ochiqligini ta'minlash kerak.
    Bolaning tomiri urayotgani sezilmasa va u nafas olmayotgan bo‘lsa, tez yordam etib kelgunicha yurak-o‘pka faoliyatini tiklash tadbirlarini o‘tkazish davom ettiriladi. To‘shni 5 marta bosish va bir marta puflashdan iborat siklni bajariladi va tomir urishi tekshiriladi.

    Nafas olish to‘xtaganda birinchi yordam ko‘rsatish: kattalar va bolalarda sun'iy o‘pka ventilyatsiyasini o‘tkazish


    Sun'iy o‘pka ventilyatsiyasi jabrlanuvchining organizmini uning hayotini saqlab qolish uchun zarur bo‘lgan kislorod bilan ta'minlash maqsadida jabrlanuvchi o‘pkasiga havo puflashdan iborat.
    Sun'iy o‘pka ventilyatsiyasi nafas olmayotgan, biroq tomiri urib turgan jabrlanuvchilarda o‘tkaziladi.
    Agar hodisa sodir bo‘lgan joyda xavf-xatar bo‘lmasa, dastlabki tekshirish o‘tkaziladi. Jabrlanuvchining xushi joyidaligini aniqlash, "Sizga yordam kerakmiq" deb baland ovoz bilan so‘rash lozim.
    Jabrlanuvchi hushsiz bo‘lsa, jabrlanuvchini asta orqasiga aylantirib (zarur bo‘lgan taqdirdagina), nafas yo‘llarini ochib (boshini orqaga egib, iyagini ko‘taring), boshini orqaga egib, iyagini ko‘tarib, bolalarda - peshonasiga asta bosib, iyagini ehtiyotkorlik bilan ko‘tariladi.
    Nafas bor-yo‘qligini tekshirish uchun nafas bor-yo‘qligini aniqlash kerak. Buning uchun 5 sekund davomida ko‘rish. eshitish va sezish nazoratidan foydalanish lozim. Nafas olmayotgan bo‘lsa, "Og‘izdan-og‘izga" 2 marta to‘la puflanadi.
    Tomiri urayotgan-urmayotganini tekshirish uchun kekirdakni paypaslab topib, bo‘yinning yonida joylashgan chuqurchaga barmoq surib boriladi. Tomir urishi 10 sekund davomida tekshiriladi.
    Sun'iy o‘pka ventilyatsiyasini o‘tkazish davom ettiriladi. Buning uchun boshni orqaga egib, iyagini ko‘tarish uslubi bilan nafas yo‘llarini havo o‘tadigan holatda tutib turiladi. Jabrlanuvchining burun kataklari qisiladi:

    • Kattalarda: har 5 sekundda 1 marta to‘la puflanadi.

    • Bolalarda: har 3 sekundda 1 marta to‘la puflanadi.

    • Go‘daklarda: har 3 sekundda 1 marta tuda puflanadi.

    Havo o‘pkaga o‘tayotganiga ishonch hosil qilish uchun ko‘krak qafasi ko‘tarilishi kuzatiladi. Katta yoshli jabrlanganlarda: shu ishni 1 minut davom ettirib, bu vaqt ichida 12 marta puflanadi. Bolalarda: shu ishni 1 minut davom ettirib, bu vaqt ichida 20 marta puflanadi.
    Tomir urishi va nafasni bir necha minut oralatib tekshirib turiladi. Agar jabrlanuvchining tomiri urib turgan bo‘lsa-yu, avvalgidek nafas olmayotgan bo‘lsa, tez yordam etib kelgunicha sun'iy o‘pka ventilyatsiyasi davom ettiriladi.
    Agar jabrlanuvchining tomiri urmayotgan, o‘zi nafas olmayotgan bo‘lsa, yurak- o‘pka faoliyatini tiklash ishini (reanimatsiya)ni o‘tkazish boshlanadi.
    Jabrlanuvchining tomiri urayotgani va u nafas olayotgani sezilsa, jabrlanuvchini xushiga keltiruvchi holat (tiklanish holati)da yotqizib, nafas yo‘llarini havo o‘tadigan holatda tutib turiladi. Nafas olishini kuzatib turib, qattiq qon ketayotgani ma'lum bo‘lib qolsa, u to‘xtatiladi.

    Download 2,33 Mb.
    1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   207




    Download 2,33 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bolalarda yurak-o‘pka faoliyatini tiklashni o‘tkazish

    Download 2,33 Mb.