|
YURAK-O‘PKA REANIMATSIYASI. YUQORI NAFAS YO‘LLARINING O‘TKAZUVCHANLIGINI TIKLASH
|
bet | 134/207 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 2,33 Mb. | | #237676 |
Bog'liq portal.guldu.uz-Xayot faoliyati xavfsizligi YURAK-O‘PKA REANIMATSIYASI. YUQORI NAFAS YO‘LLARINING O‘TKAZUVCHANLIGINI TIKLASH.
Katta yoshlilarda yurak-o‘pka faoliyatini tiklash tadbirlarini o‘tkazish
Agar voqea sodir bo‘lgan joyda xavf-xatar bo‘lmasa, birlamchi ko‘zdan kechirish o‘tkaziladi.
Jabrlanuvchining hushi joyidaligini aniqlash uchun "Sizga yordam kerakmi» deb baland ovoz bilan so‘rab, chapak chalib, trapetsiyasimon muskulini siqish lozim.
Jabrlanuvchi hushsiz bo‘lsa jabrlanuvchini asta orqasiga aylantiriladi (zarur bo‘lgan taqdirdagina).
Nafas yo‘llarini ochib, nafas bor-yo‘qligi tekshiriladi. Buning uchun boshini orqaga egib, iyagi ko‘tariladi. Nafas bor-yo‘qligini aniqlash uchun 5 sekund davomida ko‘rish, eshitish va sezish nazoratidan foydalaniladi.
Jabrlanuvchi nafas olmayotgan bo‘lsa, jabrlanuvchini qattiq joyga orqasi bilan yotqizib, "Og‘izdan-og‘izga" ikki marta to‘la puflab, jabrlanuvchining burun
5 Михаил Морозов. Основы первой медицинской помощи. Учебное пособие „СпецЛит“», 2013
kataklari qisiladi. Lablar bilan jabrlanuvchining og‘zini zich tutib, 2 marta to‘la puflanadi. havo o‘pkasiga o‘tayotganiga ishonch hosil qilish uchun ko‘krak qafasi ko‘tarilishi kuzatiladi.
Tomir urayotgan-urmayotganligini tekshirish uchun 10 sekund davomida tomir urishi tekshiriladi.
Yurakni yopiq massaj qilish uchun:
Barmoq bilan to‘shning quyi chekkasidagi chuqurchani topib, barmoq shu erga qo‘yiladi. Jabrlanuvchining tovoniga yaqin bo‘lgan qo‘lni ishlatish zarur.
Boshqa qo‘lning kaftini jabrlanuvchining to‘shiga, barmoqlar turgan joydan yuqoriroqqa qo‘yiladi.
Barmoqlarni chuqurchadan olib, birinchi qo‘lning kaftini boshqa qo‘ldan yuqoriroqqa qo‘yiladi.
Barmoqni ko‘krak qafasiga tekizmaslik kerak.
To‘shni 15 marta bosiladi. Bosishda qutqaruvchining yelkasi kaftlari ustida turishi lozim. To‘sh 4 sm dan 5 sm gacha chuqurlikda 10 sekund ichida taxminan 15 marta bosiladi (1 minutda 80 dan 100 martagacha) bosiladi. Bir maromda, tikka, qo‘lni doimo to‘sh ustida tutgan holda bosish kerak. Muolajani o‘tkazayotganda tebratuvchi harakat qilmaslik lozim. Bu bosishning ta'sirini kamaytirib, kuchning bexuda sarflanishiga olib keladi. Navbatdagi bosishni boshlashdan oldin ko‘krak qafasi dastlabki holatiga qaytishiga yo‘l qo‘yib berish kerak.
"Og‘izdan-og‘izga" 2 marta to‘la puflanadi. Buning uchun boshini orqaga egib, iyagini ko‘tarib, nafas yo‘llari ochiladi. Jabrlanuvchining burun kataklarini qisib, ikki marta to‘la puflanadi, har biri 1,5-2 sekund davom etishi kerak. Havo o‘pkaga o‘tayotganiga ishonch hosil qilish uchun ko‘krak qafasi ko‘tarilayotgani kuzatiladi.
To‘shni bosish va puflash siklini davom ettiriladi. Buning uchun 15 marta bosish va 2 marta puflashdan iborat 3 sikl bajariladi.
|
| |