|
BIRLAMCHI KO‘RIKNI O‘TKAZISH QOIDALARI VA TARTIBI
|
bet | 133/207 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 2,33 Mb. | | #237676 |
Bog'liq portal.guldu.uz-Xayot faoliyati xavfsizligi 1.1. BIRLAMCHI KO‘RIKNI O‘TKAZISH QOIDALARI VA TARTIBI.
Terminal holat – bu hayot bilan o‘lim orasidagi chegaradir. U bir necha darajadan iborat:
Predagoniya
Agoniya.
O‘lim.
O‘limning ham bir necha turi mavjud:
Klinik o‘lim
Sotsial o‘lim
Biologik o‘lim
Klinik o‘limning asosiy belgilari:
Yurak urishdan to‘xtagan
Nafas olish belgilari yo‘q
Behushlik
Klinik o‘lim o‘rtacha 3-5 minut davom etadi. Bu vaqt 1-2 minutgacha qisqarishi yoki 10-15 minutgacha uzayishi mumkin.
Klinik o‘limning qo‘shimcha belgilari:
Qorachiqning kengayishi
Teri qoplamalarining oqarishi
Reflekslarning yo‘qolishi
Sotsial o‘limda bosh miya hujayralari o‘lishi, yurak-o‘pka faoliyati tiklanishi mumkin.
Biologik o‘lim – orqaga qaytarib bo‘lmaydigan jarayondir.
Belgilari:
Yorug‘likka javob reaktsiyasi yo‘q
Qorachiq torayadi
Nafas va puls yo‘q
Murda dog‘lari paydo bo‘ladi
Jarohatlangan va og‘ir shikastlangan bemorlarni birlamchi ko‘rikdan o‘tkazish uchun quyidagilar amalga oshiriladi4:
D – Jabrlanuvchi va yordamchini zararsizlantirish.
Bunda voqea sodir bo‘lgan joyning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda harakat qilinadi. Agar qishning issiq kuni bo‘lsa, jabrlanuvchining nafas yo‘llarini bo‘shatish maqsadida yoqasi bo‘shatiladi, ustki qalin kiyimlari
4 Rui Manuel da Torre Vieito, Sergio Alexandre Neves Gulmaraes, Advanced Training Manual for First-Aid. Junho 2008.
echib tashalnadi. Xuddi shunday yordam beruvchi ham o‘ziga qulay holat yaratish maqsadida kiyimlarini engillatib, shundan so‘nggina birinchi yordam ko‘rsatishga kirishadi.
R – Es–hushini tekshirish (peshonaga bir qo‘limizni qo‘yib, 2- nchi qo‘limiz bilan yelkasiga urib ko‘ramiz va biror narsa so‘raymiz).
Zararlangan inson qattiq jarohat tufayli xushdan ketishi yoki o‘ta xolsizlik sababli ko‘zi yumuq xolda yotishi, shu bilan o‘zini xushdan ketganday tutishi mumkin. Shuning uchun jabrlanganning es-xushini aniqlash maqsadida bir qo‘lni bemor peshonasiga qo‘yib turgan holda savol beriladi. Agar bemor xushida bo‘lsa, u xolda peshonasi harakatga keladi va biz buni qo‘limiz bilan sezamiz.
A – Nafasni tekshirish (ko‘raman, eshitaman, sezaman)5.
Bunda ko‘zimiz bilan jabralnuvchining ko‘krak qafasi harakatlanayotganini ko‘ramiz.
Bemorning burniga quloq tutib, nafas shovqinini eshitamiz.
Qo‘limizni bemorning ko‘krak qafasi ustiga qo‘yib, bemorning nafas olayotgan yoki olmayotgani ni sezamiz. Sog‘lom odam 1 daqiqada 16-20 ta nafas oladi.
B – Nafas yo‘llari ochiqligida (qo‘lni bo‘yin orqasidan o‘tkazib, o‘ng qo‘l bilan pastki jag‘ yuqoriga va orqaga tortiladi). Og‘izni yot narsalardan tozalab, yoshidan qat'iy nazar 2 marta sinov nafas beriladi.
C– Bemorning tomir urishi (puls) ni tekshirish. Buning uchun jabrlanuvchining bilak va uyqu arteriyalaridagi tomir urishi tekshiriladi. Sog‘lom odamning tomiri 1 daqiqada 70-80 tagacha uradi.
|
| |