• Yuqori nafas yo‘llari o‘tkazuvchanligini tiklash. Geymlix usuli
  • Nafas yo‘llari o‘tkaza olmasligining sabablari
  • Go‘daklarda yurak-o‘pka faoliyatini tiklash tadbirlarini o‘tkazish




    Download 2,33 Mb.
    bet136/207
    Sana16.05.2024
    Hajmi2,33 Mb.
    #237676
    1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   207
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-Xayot faoliyati xavfsizligi

    Go‘daklarda yurak-o‘pka faoliyatini tiklash tadbirlarini o‘tkazish


    Bir yoshga etmagan go‘dakda tomir urishini aniqlash juda murakkab. Shuning uchun, agar maxsus tayyorgarlik bo‘lmasa, nafasi to‘xtagan go‘dakning tomirini bir necha sekunddan ortiq tekshirish mumkin emas. Bo‘g‘ilishdan bo‘lak hodisalarda go‘daklarda, odatda, nafas to‘xtagach, tomir urishi ham to‘xtaydi.
    Go‘dakning tomir urishi katta yoshlilarniki kabi uyqu arteriyasida emas, balki qo‘lning ichki tomonidagi, yelkasiga yaqin yelka arteriyasida tekshiriladi. Go‘dakning qo‘lidagi yelka suyagiga, tirsagiga emas, balki qo‘ltiq chuqurchasi yaqiniga ikkita barmoqni qo‘yib, barmoqni qo‘lga yengil botirib, 5-10 sekund davomida tomir urishi tekshiriladi.
    Go‘dakning hushi o‘zidaligini aniqlash uchun go‘dakni baland ovoz bilan chaqirib, go‘dakning qo‘l-oyoqini bir oz chimchilanadi.
    Go‘dak behush bo‘lsa, go‘dakni orqasiga aylantirib, go‘dakni asta o‘zimiz tomon tortib, boshi va bo‘ynini ushlab turib aylantiriladi.
    Nafas yo‘llarini ochib, nafas bor-yo‘qligi tekshiriladi. Buning uchun bolaning boshini bir oz orqaga egib, nafas bor-yo‘qligini aniqlab, ko‘rish, eshitish va sezish nazoratidan 5 sekund davomida foydalaniladi.
    Go‘dak nafas olmayotgan bo‘lsa, go‘dakni qattiq joyga orqasi bilan yotqizib, 2 marta sekin puflanadi. havo o‘pkaga o‘tayotganiga ishonch hosil qilish uchun ko‘krak qafasining ko‘tarilishi kuzatiladi.
    Tomir urishi yelka arteriyasida 10 sekund davomida tekshiriladi.

    Yuqori nafas yo‘llari o‘tkazuvchanligini tiklash. Geymlix usuli


    Nafas yo‘llari havoning burun va og‘izdan boshlab o‘pkaga o‘tish yo‘lidan iborat. Nafas olish yo‘llarini nimadir to‘sib qo‘ysa, jabrlanuvchi bo‘g‘ila boshlaydi va uning organizmi kerakli miqdorda kislorod olmaydi, natijada uning hayoti xavf ostida qoladi. Bunday holat shoshilinch vaziyat hisoblanadi va nafas yo‘llarining o‘tkaza olmasligining sabablarini bartaraf qilish maqsadida birinchi yordam ko‘rsatish talab qilinadi.

    Nafas yo‘llari o‘tkaza olmasligining sabablari


    Nafas yo‘llarining o‘tkaza olmasligi tilning ichga botishi yoki jarohat yoxud allergiyaning og‘ir xili natijasida og‘iz bo‘shlig‘i va tomoq to‘qimalarining shishib qolishi oqibatida yuz beradi. Hushsiz holatdagi kishilarda bunga sabab ko‘pincha til bo‘lib, u tomoqning ichiga kirib qoladi va o‘pkaga havo o‘tishini to‘sib qo‘yadi. Nafas yo‘llarining o‘tkaza olmay qolishiga sabab ularga yot jismlar, masalan, ovqat, kichik o‘yinchoqlar yoki qusiq, shilimshiq, qon yoki so‘lak kabi suyuq moddalarning kirib qolishidir. Bu holat bo‘g‘ilish deyiladi. Yot jismlar nafas yo‘llarining tomoqdan tortib o‘pkagacha bo‘lgan istalgan joyida tiqilib qolishi
    mumkin.
    Bo‘g‘ilishning eng tarqalgan sabablari quyidagilardan iborat:

    • ovqatning katta bo‘lakchasini yaxshilab chaynamasdan yutib yuborishga urinish,

    • ovqatgacha yoki ovqatlanish vaqtida spirtli ichimliklarni juda ko‘p iste'mol qilish. Alkogol qusish refleksini bo‘shashtiradi va ovqat tiqilishi ehtimolini oshiradi,

    • tish protezlari ovqat yutish oldidan yaxshi chaynalganligini sezishga xalaqit beradi,

    • ovqatlanish vaqtida qizg‘in gaplashish va kulish yoki shoshilib ovqat yeyish,

    • og‘izda ovqat yoki yot jismlar borligida yugurish, o‘ynash yoki chopish.

    Download 2,33 Mb.
    1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   207




    Download 2,33 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Go‘daklarda yurak-o‘pka faoliyatini tiklash tadbirlarini o‘tkazish

    Download 2,33 Mb.