|
TAYANCH-HARAKAT APPARATINING MEXANIK SHIKASTLANISHLARI. IMMOBILIZATSIYA
|
bet | 138/207 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 2,33 Mb. | | #237676 |
Bog'liq portal.guldu.uz-Xayot faoliyati xavfsizligi TAYANCH-HARAKAT APPARATINING MEXANIK SHIKASTLANISHLARI. IMMOBILIZATSIYA.
Tayanch-harakat apparatining anatomiyasi va fiziologiyasi
Tayanch-harakat sistemasi suyak, muskul, pay va boylamlardan iborat bo‘lib, ularning barchasi birgalikda bir qancha funksiyalarni bajaradi. Jumladan:
tanaga tayanch bo‘lib xizmat qiladi,
ichki organlarni himoya qiladi,
mineral moddalar saqlanadigan joy bo‘lib xizmat qiladi, hamda qon to‘qimalarini xosil qiladi,
issiqlik xosil qiladi,
harakatlantirishda qatnashadi.
Qo‘l va oyoq suyaklari tufayli yura olamiz, narsa ko‘taramiz va boshqa harakatlarni bajaramiz. Qo‘l panjasi va barmoqlarining mayda suyaklari, masalan, yozishda zarur bo‘ladigan aniq harakatlarni bajarish imkonini beradi. Oyoq panjalarining mayda suyaklari esa yurishda ko‘maklashadi.
Suyaklarda mineral moddalar to‘planadi, ilikda esa qon hujayralari xosil bo‘ladi.
Tananing harakatchanligi muskul to‘qimalarining qisqarishi va bo‘shashishi xisobiga ta'minlanadi. Muskullar suyaklarga pay bilan mahkamlanadi. Muskul ishlaganida issiqlik xosil bo‘ladi. Muskul saqlovchi qobiq sifatida xizmat qilib, suyak, nerv va qon tomirlar uchun himoya vositasi bo‘ladi.
Miya nerv impulslarini jo‘natib, muskullarga harakat qilish to‘g‘risida ko‘rsatma beradi. Muskul faoliyati ixtiyoriy yoki g‘ayriixtiyoriy bo‘lishi mumkin. Miya muskulning g‘ayriixtiyoriy harakatini, masalan, yurak, qorin pardasi va ichak faoliyatini avtomatik tarzda boshqaradi. Yurak, biz tomondan hech qanaqa ko‘rsatma bo‘lmasa-da, minutiga 60-80 marta qisqaraveradi. Muskullar, masalan, qo‘l-oyoq muskullarining ixtiyoriy harakati ong nazorati ostida bo‘ladi.
Skelet
Skelet turli shakl va katta-kichiklikdagi 206 ta suyakdan iborat bo‘lib, tana shakllanadigan qovurg‘a (sinch)ni tashkil qiladi. Suyak - zich va mustahkam to‘qima. Skelet hayotiy muqim ichki organlar va yumshoq to‘qimalarni extiyot qiladi. Bosh chanog‘i bosh miyani himoya qiladi. Qovurg‘alar yurak va o‘pkani himoya qiladi. Umurtqa pog‘onasi orqa miyani saqlaydi.
Ba'zi suyaklar qizil qon tanachalarini xosil qilish va saqlash uchun xizmat qiladi. Suyak sinishi, odatda, oqrig‘li bo‘lib, qon ketishiga olib keladi. Bunday qon ketish to‘xtatilmasa, jabrlanuvchi hayotiga xavf tug‘dirishi mumkin.
Suyaklar katta-kichikligi va shakliga ko‘ra turlichadir. Ular shakli o‘zgargan joyda mo‘rtroq bo‘lib, odatda, o‘sha nuqtalardan sinadi.
|
| |