• Bo‘q’imlar
  • Tayanch-harakat sistemasi shikastlanishining sabablari va turlari
  • SINISh
  • Vazirligi guliston davlat




    Download 2,33 Mb.
    bet139/207
    Sana16.05.2024
    Hajmi2,33 Mb.
    #237676
    1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   207
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-Xayot faoliyati xavfsizligi

    Muskullar


    Muskul - yumshoq to‘qima. Insonda hammasi bo‘lib 600 dan ziyod muskul bo‘ladi. Ko‘pchiligi skelet muskullari bo‘lib, suyakka birikib o‘sadi.
    Muskullar, boshqa yumshoq to‘qimalardan farqli ravishda, bo‘shashishi va qisqarishi mumkin, bunda tana qismlari harakati ta'minlanadi. Miya nervlar orqali muayyan harakatni bajarishi to‘g‘risida muskullarga ko‘rsatma yo‘llaydi. Skelet muskullari ham suyak, nerv va qon tomirlarni himoya qiladi. Har tomondan kelgan muskullarning ko‘pchiligi suyakka pay bilan qo‘shiladi. Muskullar va ularning paylari bo‘g‘imlar orqali o‘tadi. Bosh va orqa miya shikastlanishi, nervlar zararlanishi oqibatida muskullar faoliyatining boshqarilishini nazorat qilish buzilishi mumkin.

    Bo‘q’imlar


    Bo‘g‘im ikki yoki undan ko‘p suyak ulanadigan joyda bo‘ladi. Ayrim bo‘g‘imlar bosh chanoqi singari bir turdagi strukturani hosil qilib, birlashib ketgan bo‘lsa ham, ko‘p bo‘g‘imlar harakatda bo‘ladi.
    Bo‘gimlarni boylamlar tutib turadi. Barcha bo‘g‘imlar muayyan harakat amplitudasiga ega. Bo‘g ’im o‘zi uchun normal bo‘lgan amplitudadan chetga chiqqan bo‘lsa, bu holat ushbu bo‘g‘im cho‘zilishiga yoki uzilishiga olib keladi. Boylamlar cho‘zilishi yoki uzilishi natijasida bo‘g‘im beqaror bo‘lib qoladi va bu mehnat qobiliyati yo‘qotilishiga olib keladi. Beqaror bo‘g'imlar osonlik bilan qayta shikastlanadi.

    Tayanch-harakat sistemasi shikastlanishining sabablari va turlari


    Tayanch-harakat apparatining shikastlanishi keng tarqalgan holdir. Ular odatdagi ko‘karish (momataloq)dan tortib, og‘ir azob beruvchi sinish va chiqishgacha o‘z ichiga oladi. Bunday shikastlanishda ko‘rsatiladigan birinchi yordam og‘riqni kamaytirish hamda keyingi shikastlanishlarni bartaraf etishdan iborat bo‘ladi.
    Sinish, muskul va bo‘g‘im shikastlanishi, garchi, doimo og‘riq bilan kechsa- da, juda kam hollarda jabrlanuvchining hayotiga xavf soladi. Biroq birinchi yordam ko‘rsatilmasa, ularning oqibati jiddiylashib ketishi va hatto, umrbod nogironlikni ham keltirib chiqarishi mumkin. Tayanch-harakat sistemasi turli vaziyatlarda: yiqilganda, noqulay va bexos harakat qilganda yoki avtomobil halokati chog‘ida shikastlanishi mumkin.
    Tayanch-harakat sistemasi shikastlanishining to‘rt asosiy turi mavjud:

    • sinish,

    • chiqish,

    • boylamlar cho‘zilishi yoki uzilishi,

    • muskullar va paylar cho‘zilishi yoki uzilishi.

    SINISh


    Sinish - suyak yaxlitligining buzilishidir. To‘la sinish va suyak bo‘lak bo‘lib singandagi yoki darz ketgandagi kabi chala sinish mavjud.
    Ochiq sinishda jarohat mavjud bo‘ladi. U qo‘l yoki oyoqqa suyak sinishiga olib keladigan haddan tashqari nagruzka berilganda sodir bo‘ladi. Singan suyak uchi terini yirtib, tashqariga chiqib qoladi yoki bironta buyum teri qoplamni teshib o‘tib, suyakni sindiradi7. Taxmin qilingan siniq atrofidagi yumshoq to‘qimaning har qanday zararlanishi ochiq sinishdan darak beradi. Yopiq sinishda teri qoplami zararlanmay qoladiki, sinishning bunday turi ko‘proq uchraydi. Ochiq sinish nisbatan xavfli, chunki unda jarohatga infeksiya tushirish yoki qon yo‘qotish xavfi mavjud bo‘ladi.

    Download 2,33 Mb.
    1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   207




    Download 2,33 Mb.