• Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi davlat siyosati
  • Vazirligi guliston davlat




    Download 2,33 Mb.
    bet182/207
    Sana16.05.2024
    Hajmi2,33 Mb.
    #237676
    1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   207
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-Xayot faoliyati xavfsizligi

    Nazorat savollari


    1. Respublikamizda faoliyat xavfsizligini nazorat qiluvchi qanday tashkilotlar bor va ularning vakolatlari.

    2. Respublikamizda ishlab chiqarish korxonalarida necha pog‘onali nazorat olib boriladi?

    Mehnat muhofazasi xizmati qanday funksiyalarni bajaradi?
      1. amaliy mashg‘ulot. Tashkilotlardagi mehnatni muhofaza qilish va sanoat xavfsizligini boshqarishdagi xavfli obyektlari. Mehnatni muhofaza qilish va sanoat xavfsizligini boshqarishni xududiy, ishlab chiqarishdagi darajasi.



    “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonunning qo‘llanish sohasi va davlat siyosati


    Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunlar ushbu qonun va unga muvofiq chiqariladigan boshqa me’yoriy hujjatlardan iborat bo‘ladi.
    Ushbu qonun bozor iqtisodiyotiga o‘tgan O‘zbekiston Respublikasida mulk va xo‘jalik yuritish shakli turlicha bo‘lgan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar bilan, shu jumladan ayrim yollovchilar bilan mehnat munosabatlarda turgan barcha ishlovchilar, ishlab chiqarish amaliyotini o‘tayotgan oliy o‘quv yurtlari talabalari, o‘rta maxsus o‘quv
    yurtlari (litsey va kollejlar) talabalari va umumiyta’lim maktablari o‘quvchilari, korxonalarda ishlashga jalb etiladagan harbiy xizmatchilar, muqobil xizmatni o‘tayotgan fuqarolar, sud xukmi bilan jazoni o‘tayotgan shaxslar, ahloq tuzatish mehnat muassasalari korxonalarida yoki xukmlar ijrosini amalga oshiruvchi idoralar belgilaydigan korxonalarda ishlash davrida, shuningdek, jamiyat va davlat manfaatlarini ko‘zlab tashkil etiladigan boshqa
    turdagi mehnat faoliyati ishtirokchilariga nisbatan amal qiladi.

    Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi davlat siyosati:


    • Korxona ishlab chiqarish faoliyati natijalariga nisbatan xodimning hayoti va sog‘ligi ustivorligi;

    • mehnatni muhofaza qilish soxasidagi faoliyatini iqtisodiy va ijtimoiy siyosatining boshqa yo‘nalishlari bilan muvofiqlashtirib borish;

    • mulk va xo‘jalik yuritish shakllaridan qa’tiy nazar barcha korxonalar uchun mehnatni muhofaza qilish soxasida yagona tartib qoidalar belgilab qo‘yish:

    • mehnatning ekologiya jihatidan xavfsiz sharoitlari yaratilishini va ish joylarida atrof-muhit holati muntazam nazorat etilishini ta’minlash;

    • korxonalarda mehnatni muhofaza qilish talablari hamma joyda bajarilishini nazorat qilish;

    • mehnatni muhofaza qilishni mablag‘ bilan ta’minlashda davlatning ishtirok etishi;

    • oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida mehnat muhofazasi bo‘yicha mutaxassislar tayerlash;

    • xavfsiz texnika, texnologiyalar va xodimlarni ximoyalash vositalari ishlab chiqilishi va joriy etilishini rag‘batlantirish;

    • fan, texnika yutuqlaridan hamda mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha vatanimiz va chet el ilg‘or tajribasidan keng foydalanish;

    • ishlovchilarni maxsus kiyim va poyafzal, shaxsiy himoya vositalari, parxez ovqatlar bilan bepul ta’minlash;

    • korxonalarda mehnatning sog‘lom va xavfsiz shart-sharoitlarini yaratishga ko‘maklashuvchi soliq siyosatini yuritish;

    • ishlab chiqarishdagi har bir baxtsiz hodisani va har bir kasb kasalligini tekshirib chiqish hamda hisobga olib borishning va shu asosda ishlab chiqarishdagi jarohatlanishlar hamda kasb kasalliklariga chalinishlar darajasi haqida aholini xabardor qilishning majburligi;

    • ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalardan jabrlangan yoki kasb kasalligiga yo‘liqqan

    ishlovchilarning manfaatlarini ijtimoiy himoyalash;

    • kasaba uyushmalari va boshqa jamoat birlashmalari, korxonalar va alohida shaxslar

    mehnatini muhofaza qilishni ta’minlashga qaratilgan faoliyatini har tomonlama qo‘llab quvvatlash;

    • mehnatni muhofaza qilish muammolarini hal etish chog‘ida halqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish prinsplariga asoslanadi;

    • korxonalar, mutaxassislar, fuqarolar mehnatini muhofaza qilish muammolarini hal etish uchun

    O‘zbekiston Respublikasining jamoat birlashmalari to‘g‘risidagi qonunga muvofiq amal qiladigan jamoat birlashmalariga uyushishlari mumkin.
    Davlat va xo‘jalik boshqaruvi idoralari, nazorat qilish idoralari, shuningdek, korxonalar bu birlashmalarga har tomonlama yordam va madad ko‘rsatadilar hamda mehnatni muhofaza qilishni ta’minlash masalalari bo‘yicha qarorlar tayyorlash va qabul qilishda ular ishlab chiqqan nizomlar va tavsiyalarni hisobga oladilar.
    O‘zbekiston Respublikasi korxonalari va fuqarolari xalqaro shartnomalar va bitimlar asosida ishlarni bajarayotganlarida, mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha ularda ko‘zda tutilgan talablar agar o‘zgacha shartlashilmagan bo‘lsa, ushbu Qonunga O‘zbekiston Respublikasining «Mehnat to‘g‘risida» gi Qonunlaridan qo‘llaniladi.
    O‘zbekiston Respublikasi korxonalarda ishlayotgan chet el fuqarolari uchun mehnatni muhofaza qilish masalalariga doir munosabatlarni tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlari manfaatdor tomonlarning o‘zaro bitimlari bilan belgilab qo‘yiladi

    Download 2,33 Mb.
    1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   207




    Download 2,33 Mb.