|
Vazirligi guliston davlat
|
bet | 190/207 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 2,33 Mb. | | #237676 |
Bog'liq portal.guldu.uz-Xayot faoliyati xavfsizligiTexnik sabablar - Mashina, uskunalarning kamchiliklari va nosozligi, og‘ir ishlarni mexanizatsiyalashtirilmaganligi, xavfsizlik to‘siqlar yo‘qligi, uskunalarning noto‘g‘ri joylashtirilishi va ularning nosozligi.
Ruhiy-fiziologik sabablar - Ishlarning og‘irligi, me`yoridan ortiq charchash, ishning monotonligi (bir xilligi), ziyraklikning pasayishi, xavfsizlik qoidalarini buzilishi, mehnat intizomining buzilishi, ishchilarning psixofiziologik sifatlarini bajarayotgan ishga mos kelmasligi yoki uning nosog‘lomligi.
Sanitar-maishiy xona - bu shaxsiy va maxsus kiyimlar uchun shkafli echinadigan, yuvinadigan va ovqat eydigan xona hisoblanadi.
Tabiiy changlar - inson ta`sirisiz hosil buladi. Bunday changlar turkumiga shamol va buronlar ta`sirida qum hamda tuproqning erroziyalangan qatlamlari ko‘chishi, o‘simlik va hayvon olamida, vulqonlar otilishi boshqa hollarda paydo bo‘ladigan changlarni kiritish mumkin.
Sun`iy changlar - sanoat korxonalarida va qurilishlarda insonning bevosita yoki bilvosita ta`siri natijasida hosil bo‘ladi.
Yirik changlar- kattaligi 10 mkm dan katta bo‘lgan changlar. Odatda bunday changlar o‘z og‘irligi ta`sirida erga qo‘nadi;
Mayda changlar yoki mikroskopik changlar - katgaligi 10 mkm dan 0,25 mkm gacha bo‘lgan changlar. Ular erga ma`lum ijobiy sharoitlar bo‘lganda, masalan,
yomg‘ir, qor va shabnam kabi erga yog‘ilayotgan og‘ir zarralarga ilashib qo‘nishi mumkin;
Ul’tra mikroskopik changlar kattaligi 0,25 mkm dan kichik bulgan changlar va bu changlar hech qachon erga qo‘nmay, betartib harakat qilib, uchib yuradi.
Ishchi zona - Davlat standartiga ko‘ra ishchining doimiy yoki vaqtinchalik bo‘ladigan ish joyidagi pol sathidan 2 m balandlik hisoblanadi.
Umumiy shamollatish. Ishlab chiqarish binolarida ajralib chiqayotgan har xil zararli moddalarni chiqarib yuborishning imkoniyati bulmasa yoki ajralib chiqayotgan moddalar, texnologik jarayonning maydonlaridan ajralib chiqayotgan bulsa, unda yakka tartibda shamollatish vositalarini qo‘llash imkoniyati yo‘qoladi. Bunday hollarda umumiy shamollatish usulidan foydalaniladi. Umumiy shamollatish vositasini zararli moddalar yoki issiqlik eng ko‘p ajralib chiqayotan joyga o‘rnatish kerak
|
| |