|
Yong‘in- bir zumda shiddat bilan roʻy beradigan va tez tarqaladigan yonish jarayoni Portlash-
|
bet | 192/207 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 2,33 Mb. | | #237676 |
Bog'liq portal.guldu.uz-Xayot faoliyati xavfsizligiYong‘in- bir zumda shiddat bilan roʻy beradigan va tez tarqaladigan yonish jarayoni Portlash-oniy vaqtda chegaralangan hajmda katta miqdorda energiya ajralib chiqish jarayoni. Maʼlum xajmni egallab turgan modda P. natijasida energiya ajratib, atrofdagi muhitni juda katta kuch bilan harakatga kelti-ruvchi yuqori bosimdagi qizigan gazga
aylanadi. P. qattiq jismda uning yemirilishi va parchalanishi bilan kuzatiladi.
Elektr toki - elektr zaryadlarining tartibli harakati.
Elektr kuchlanish - elektr va tashqi kuchlarning birlik musbat zaryadni zanjirning aniq bir qismida koʻchirishida bajargan ishiga teng boʻlgan fizik kattalik.
Jarohat - gavda toʻqimalarining mexanik shikastlangan joyi (teri, shilliq parda, koʻpincha muskul, nerv, yirik tomir, suyak, boʻgʻim, ichki aʼzo va gavda boʻshliklarining butunligiga putur yetishi).
Elektr jarohat - elektr tok ta’siri natijasida inson tanasini shikastlanishi
Termik ta’siri - teri to‘qimasining hujayrasini qizishidan kuydirishigacha olib kelishi mumkin.
Elektrolitik ta’siri - organizmning suyuqliklari parchalanishi natijasida qonning va hujayralarning kimyoviy va fizik hususiyatlari o‘zgarilishi kuzatiladi.
Biologik ta’siri - tanani bioenergetik jarayonini buzilishi, ya’ni tirik hujayralarni to‘lqinlanishi va mushaklarni keskin qisqarishiga olib keladigan holat.
Elektr jarohatlanishi - insonni tanasini ayrim joylarini shikastlanishi, elektr kuyishi, elektr belgilari va terini metallanishini ko‘rinishlariga ega.
Klinik o‘lim-bu odamni tirik va o‘lim orasidagi holat, shu holatida yurakni faoliyati va nafas olishi to‘xtaydi, insonda hech qanday hayot alomatlari sezilmaydi. Klinik holati 6-8 minut davom etadi. Shu davrida hech qanday yordam bermagan taqdirda miyani hujayralari parchalanib qaytarilmas biologik o‘limiga o‘tib ketadi.
|
| |