|
Vazirligi guliston davlat
|
bet | 188/207 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 2,33 Mb. | | #237676 |
Bog'liq portal.guldu.uz-Xayot faoliyati xavfsizligiJismoniy mehnat - bu bizning harakat a’zolarimiz tomonidan bajarilib, inson organizmning faoliyatini oshiradi (yurak, asab, nafas yo‘llarini) va ularning mehnatini ta’minlaydi, tananing skelet muskullari, paylari bo‘g‘imlari yordamida bajariladi.
Holdan toyish – bu ish faoliyatini pasayishidir.
Sarosima – bir guruh odamlarni qamrab oluvchi qo‘rquv tuyg‘usi, u esa atrofdagilarga o‘tib, boshqorolmaydigan jarayonga aylanib kеtadi.
Ergonomika -so‘zi lotin tilidan olingan bo‘lib, «ergo» - (rabota) ish, «nomika»- (nauka) fan, ya’ni «ish to‘g‘risidagi fani» degan ma’noni bildiradi.
Texnikaviy – estetik moslik insonni mehnat jarayonida, mashina bilan bo‘ladigan muloqatida qoniqarli sharoit bilan ta’minlashni anglatadi.
Ekologik omillar — atrof muhitning organizmlar faoliyatiga oʻziga xos taʼsir etuvchi maʼlum sharoitlari va elementlari majmui. Ekologik omillar 2 katta guruh - abiotik omillar va biotik omillarga boʻlinadi. Ekologiyada „cheklovchi omillar“ tushunchasi ham mavjud, ular tarkibiga organizmlar mavjudligi va rivojlanishini cheklovchi har qanday omilni kiritish mumkin.
Abiotik omillar - anorganik tabiat sharoitining yoki oʻlik tabiatning yigʻindisi.
Bularga harorat, yorugʻlik, namlik, suv, tuproq, relyef kiradi.
Biotik omillar - Bunga tirik tabiat elementlari (tirik organizmlarning bir-biriga va yashash muhitiga taʼsiri) kiradi. Biotik omillar fitogen va zoogen omillarga boʻlinadi. Fitogen omillar deganda yuksak va tuban oʻsimliklarning organizmga taʼsiri eʼtiborga olinsa, zoogen omillar deganda esa organizmga barcha hayvonlarning taʼsiri nazarda tutiladi.
Antropogen omillar - bu inson faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan omillar, yaʼni odamlarning oʻsimlik va hayvon turlari yoki ular guruhlarining tuzilishiga koʻrsatgan taʼsiridir. Tirik organizmlarga juda koʻp omillar taʼsir koʻrsatadi.
Epidemiya (epi... va yun. yeto8 — xalq) — infeksion kasalliklarnshp maʼlum hududda, odatdagidan koʻp tarqalishi.
Epizootiya (epi — da va yun. — hayvon) — hayvonlarda biror yuqumli kasallikning keng tarqalishi; kasallikning maʼlum vaqt ichida katta hududga (xoʻjalik, tuman, viloyat va boshqalar) yoyilib ketishi.
|
| |