|
Milliy favqulodda holatlar
|
bet | 194/207 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 2,33 Mb. | | #237676 |
Bog'liq portal.guldu.uz-Xayot faoliyati xavfsizligiMilliy favqulodda holatlar bir necha iqtisodiy rayonlar yoki davlat chegarasidagi muxtor respublikalar chegarasida tarqalib ushbu davlatning kuchlari hamda resurslari, ayrim hollarda chet davlatlarining yordami asosida bartaraf etiladi.
Global favqulodda holatlar davlat chegarasidan chiqib boshqa davlatlarga ham tarqaladi. Bunday favqulodda holatlar ushbu davlat chegarasida o‘z kuchlari va resurslari hamda xalqaro jamiyatlar ko‘magida bartaraf etilishi mumkin.
Texnogen halokatlar. Katta hududlarda portlash, yong‘in, radioaktiv, ximiyaviy va biologik zararlanishlarni hamda insonlar hayotiga xavf solib, guruhli o‘limlarga olib keluvchi, ishlab chiqarish jarayonining keskin ishdan chiqishi bilan kechadigan hodisalar, ya’ni mashina va mexanizmlarni qo‘qqisdan, ko‘tilmaganda foydalanish davrida ishdan chiqib avariya hamda halokatlarga olib kelishi texnogen halokatlar deb ataladi
Antropogen halokatlar - insoniyatning xo‘jalik faoliyati tufayli yuzaga keluvchi antropogen omillar ta’sirida biosferaning sifat jihatidan o‘zgarishi va natijada insonlar hayotiga, o‘simlik va hayvonot dunyosiga hamda atrof-muhitga tahdid soluvchi va katta xavf tug‘diruvchi hodisalardir.
Biologik qurol — odamlar, hayvonlar va oʻsimliklarda kasalliklar qoʻzgʻatuvchi, sunʼiy koʻpaytirilgan mikroorganizmlar, hasharotlardan iborat ommaviy qirgʻin vositasi.
KIMYOVIY QUROLLAR — ommaviy qirgʻin qurollari turlaridan biri. Shikastlash taʼsiri kimyoviy zaharlovchi moddalar (ZM) ning zaharlash xossalariga asoslangan. Asosiy tarkibiy qismlari — jangovar kimyoviy moddalar (zarin, Y-gazlar va b.) hamda ularni qoʻllash vositalari — raqstalarning ZM toʻldirilgan jangovar qismlari, artilleriya snaryadlari, minalar, aviatsiya bombalari, kassetalar, fugaslar, granatalar va b. Ular aviatsiya, turli moslamalar, purkagichlar va aerozol generatorlar yordamida ham tarqalishi mumkin.
OMMAVIY QIRGʻIN QUROLLARI — dushmanning jonli kuchlariga, qurol- aslahalariga, inshootlariga yalpi (ommaviy) talafot yetkazish uchun moʻljallangan jangovar vositalar, qirgʻin qurollari.
|
| |