• ZILZILA O‘ChOG‘I
  • QOBIQ OSTI zilzilalari
  • TEKTONIK ZILZILALAR
  • O‘PIRILISh
  • Vazirligi guliston davlat




    Download 2,33 Mb.
    bet195/207
    Sana16.05.2024
    Hajmi2,33 Mb.
    #237676
    1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   207
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-Xayot faoliyati xavfsizligi

    Tabiiy ofatlar - xavfli tabiiy hodisalar va jarayonlar bo‘lib, ular favqulodda yuz berib, insonlarning kundalik hayot tarzini buzilishiga, qurbonlar sodir bo‘lishiga, moddiy boyliklarni yo‘qotilishiga olib keladi.
    ZILZILA-bu yerning ichki qatlamlarida yig‘ilgan tabiiy qo‘shimcha kuch ta’sirida mexanik enyergiyaning elastik seysmik to‘lqin energiyasiga aylanishi va atrofga tarqalishi natijasida sodir bo‘ladigan yer silkinishlaridir.
    ZILZILA O‘ChOG‘I-yer silkinishlarining paydo bo‘lgan joyi GIPOTSENTR-ZILZILA O‘ChOG‘Ining markazi EPITSENTR-gipotsentrning yer yuzidagi proektsiyasi
    ZILZILANING CHUQURLIGI-gipotsentr va epitsentr oralig‘idagi masofa
    QOBIQ zilzilalari-gipotsentri yer sathidan 70 km chuqurlikkacha joylashgan yer silkinishlari kiradi. Markaziy Osiyoda, xususan O‘zbekistonda bo‘ladigan zilzilalarning barchasi ushbu gruppaga kiradi. Ularning chuqurligi asosan 10-40 km, ayrim hollarda Pomirda 70 km gacha boradi. O‘rta Osiyoda, xususan, O‘zbekistonda biz sezadigan zilzilalar o‘chog‘i yer qobig‘ida va qobiq ostida ro‘y byeradigan zilzilalardir.
    QOBIQ OSTI zilzilalari-gipotsentri 70 dan 300 km gacha bo‘lgan yer silkinishlari kiradi. Ular, asosan Afg‘onistonning Hinduqush tog‘lari ostida sodir bo‘lib, ta’sir kuchi O‘zbekistonga ham etib kelishi mumkin.
    CHUQUR FOKUSLI zilzilalar-gipotsentri 300 km dan 780 km gacha bo‘lgan yer silkinishlari hisoblanadi. Ular, asosan Tinch okeani va boshqa okeanlar bilan kontinentlar tutashgan joylarda ro‘y byeradi. Chuqur fokusli zilzilalar Markaziy Osiyoda bo‘lmaydi.
    TEKTONIK ZILZILALAR-tabiatda eng ko‘p tarqalgan yer qobig‘idagi jarayonlar natijasida sodir bo‘ladigan yer silkinishlaridir.
    VULQON ZILZILALARI-vulqonlar otilganda ro‘y beradigan, energiyasi uncha kuchli bo‘lmagan yer silkinishlaridir.
    O‘PIRILISh ZILZILALARI-yer ostidagi bo‘shliqlarning to‘satdan o‘pirilishi yoki bosib qolishi vaqtida sodir bo‘ladi

    Download 2,33 Mb.
    1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   207




    Download 2,33 Mb.