|
Kimyoviy shikastlanishda fuqarolarni saqlash
|
bet | 79/207 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 2,33 Mb. | | #237676 |
Bog'liq portal.guldu.uz-Xayot faoliyati xavfsizligi Kimyoviy shikastlanishda fuqarolarni saqlash.
Xavfli kimyoviy korxonalarda fuqarolarni saqlashning asosiy uslublari quyidagilardan iborat:
kimyoviy shikastlanish xavfi haqida ogohlantirish;
himoya inshootlarida (boshpanalarda) saqlanish;
shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish;
antidod va SHXP-8 ni qo‘liash;
shikastlangan jcylarda yurish-turish rejimlariga rioya qiiish;
zararlangan hududlardagi odamlami evakuatsiya qilish;
fuqarolami sanitar-qayta ishlash, kiyim-kechak, inshootlarni, transport va texnikalarni degazatsiya qilish.
Kimyoviy zararlanishda, birinchi navbatda, razvedka o‘tkaziladi: bunda avariyaning aniq joyi, KTZM turi, hududning shikastlanish darajasi
odamlarning zararlangan o‘choqdan yaqin-uzoqligi, shamolning kuchi hamda YO‘nalishini va boshqa ko‘rsatkichlar aniqlanadi.Zahartangan fuqarolarga birinchi yordam berilib, tibbiy yordam ko‘rsatish shoxobchalariga yotqiziladi. Zararlangan oziq-ovqatlar, suv tekshirilib, degazatsiya qilinadi yoki yo‘q qilib yuboriladi. Zararlangan hududda chekish, ichish, himoya vositalarisiz yurish taqiqlanadi. Zararlangan hududdan chiqqanda, ochiq qolgan terilar, shaxsiy himoya vositalari,
kiyim-kechaklar SHXP-8 bilan zararsizlantiriladi, so‘ngra o‘zlari to‘liq sanitar ishlovdan o‘tkazilib, kiyim-kechaklar almashtiriladi.
Radioaktiv nurlarni o‘lchash asboblari
Nurlanishlar bilan ish olib borayotganda inson organizmiga ta`sir ko‘rsatayotgan nurlanish dozasini va ish joylaridagi nurlanish miqdorini bilib turish katta ahamiyatga ega. SHuning uchun ham o‘lchov asboblariga katta ahamiyat beriladi.
O‘lchash asboblarining ishlash tizimi ionlanish, stsintalyatsiya va fotografiya usullariga asoslangan. Ba`zi bir gazlar radioaktiv nurlar ta`sirida elektr o‘tkazuvchan bo‘lib qolish qobiliyatiga ega. Ionizatsiya usuli shunga asoslangan.
Stsintilyatsiya usuli esa gaz, kristall va eritmalarning ionlashtirilgan nurlanishlarni yutishi natijasida ko‘rinadigan nurlar tarqatish xossasiga asoslangan. Fotografiya usuli ionlovchi nurlanishlar fotoemul’siyaga ta`sir ko‘rsatishiga qarab belgilanadi.
O‘lchash asboblari radioaktivlikni yoki zararlanish dozasini o‘lchaydigan turlarga bulinadi. Radiometrik asboblar radioaktiv moddalar qancha zarrachalar va kvantlar ajratayotganini o‘lchaydi.
Dozimetrik asboblar esa ionlashtirilgan nurlanishlar qancha energiyani uzatayotgani yoki ob`ektga tushayotganini o‘lchaydi.
Radiometrik va dozimetrik asboblar umuman sanoat korxonalari holatini o‘lchash uchun hamda shaxsiy nazorat vositasi sifatida ishlatilishi mumkin.
SHaxsiy nazorat har bir ishchi uchun ishlatgan davridagi ma`lum vaqtlarda (masalan, kun yoki hafta davomida) nurlanishlar darajasini aniqlash imkoniyatini beradi. Dozimetrlar ishchi tanasining eng ko‘p nurlanish olishi mumkin bulgan qismiga o‘rnatiladi.
|
| |