Radioaktiv nurlarni normalash




Download 2,33 Mb.
bet76/207
Sana16.05.2024
Hajmi2,33 Mb.
#237676
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   207
Bog'liq
portal.guldu.uz-Xayot faoliyati xavfsizligi

Radioaktiv nurlarni normalash


Radioaktiv izotoplar bilan ish bajariladigan sanoat korxonalarida, bu korxonalarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri shu izotoplar bilan ishlayotganlardan tashqari, qo‘shni xonalarda boshqa ishlar bilan shug‘ullanayotganlar, shuningdek sanoat korxonasi joylashgan zonada yashovchilar ham birmuncha radioaktiv nurlanishlar ta`siriga tushib qolishlarini hisobga olish kerak. Ishchilarni va boshqa ishlar bilan radioaktiv zonalarda shug‘ullanayotgan va yashayotgan shaxslarning xavfsizligini taminlashning asosiy vositalari: xavfsiz oraliq masofalari bilan taminlash, nurlanish vaqtini kamaytirish, umumiy muhofaza vositalari va shaxsiy himoya vositalaridan foydalanishdir. Bunda radioaktiv nurlanishlar miqdorini o‘lchash asboblaridan foydalanib nurlanish dozasini bilish muhim ahamiyatga ega.
Ionlashtirilgan nurlanishlardan ishchilarni saqlash qoida va normalari hamda qo‘llaniladigan himoya vositalari juda xilma-xildir.
Asosiy normalovchi hujjat sifatida quyidagilardan foydalaniladi:
«Radioaktiv xavfsizlik normalari (NRB-76)». «Radioaktiv moddalar va boshqa ionlashgan nurlanish manbalari bilan ishlovchilar uchun asosiy sanitariya qoidalari» (OSP-72); GOST 12.2.018-76 «SSBT. Rentgen qurilmalari. Xavfsizlikning umumiy talablari»; GOST 17.4.001-75 «SSBT. Ishchilarni muhofaza qilish vositalari sinflari». Joriy qilingan normalar buyicha nurlanishning yo‘l qo‘yiladigan dozasi (YQB), shuningdek ishlovchi uchun bir yillik nurlanish darajasi 50 yil davomida organizmda yig‘ilgan taqdirda uning sog‘ligiga va avlodlari sog‘ligiga zarar etmaydigan miqdorlari belgilangan.
Radioaktiv nurlanishlar kishi organizmining hammasiga birdan ta`sir ko‘rsatmasdan, ba`zi bir a`zo va hujayralarini ko‘proq zararlanishi aniqlangan. SHuning uchun ham nurlanishning umumiy dozasi emas, balki organizmning kaysi qismida radioaktiv nurlanuvchi moddalar yig‘ilganligi hisobga olinadi. Chunki bu yig‘ilgan qismlardagi radioaktiv moddalar butun organizm faloqatini taminlashi mumkin.
Radioaktiv moddalar bilan ishlaganda, radioaktiv modda zarralari ish joylarini, odamning qo‘llari va boshqa ochiq tana qismlariga o‘tirib qolishi, havo muhitiga o‘tib qolishi va u erda radioaktiv nurlanish manbalari hosil qilishi mumkin. SHuningdek bu radioaktiv changsimon moddalar nafas yo‘llari yoki teri orqali organizm ichki a`zolariga kirib qolishi mumkin.
Terining nurlanish dozasini katta aniqlik bilan hisoblash imkoniyatlari bor. Buning uchun ish bajarilayotgan zonaning zararlanish darajasi aniqlanadi.
Bunda ishlatilayotgan moddaning aktivligi va zararlangan yuzaning kattaligi hisobga olinadi.
Ichdan nurlanish dozasini hisoblash ancha qiyin, chunki, u bir qancha omillarga bog‘liq. Terini muhofazalash uskunalari va xonalar ishchi yuzalarining yo‘l qo‘yiladigan zararlanish darajasi aniqlanmaydi. Bular radioaktiv moddalar bilan ishlashda orttirilgan tajribalarga asoslangan sanitariya qoidalarida belgilanadi.

  1. Download 2,33 Mb.
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   207




Download 2,33 Mb.