• 12-Ma`ruza. Ishlab chiqarishda zararli nurlanishlar, ularning hususiyatlari va inson organizmiga ta’siri
  • Ionlashuvchi (radioaktiv) nurlanishlar, ularning turlari va asosiy ossalari
  • Vazirligi guliston davlat




    Download 2,33 Mb.
    bet74/207
    Sana16.05.2024
    Hajmi2,33 Mb.
    #237676
    1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   207
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-Xayot faoliyati xavfsizligi

    Nazorat savollari.


    1. Shovqin va titrash haqida umumiy ma`lumotlar.

    2. Shovqin va titrashga qarshi kurash usullari.

    3. Shovqindan himoyalanish usullari va vositalari.

    4. Titrashdan himoyalanish usullari va vositalari.

    5. Jamoa va shaxsiy himoya vositalari.



    12-Ma`ruza. Ishlab chiqarishda zararli nurlanishlar, ularning hususiyatlari va inson organizmiga ta’siri


    Reja.



    1. Ionlashuvchi (radioaktiv) nurlanishlar, ularning turlari va asosiy xossalari.

    2. Ionlashuvchi nurlanishlarning inson organizmiga biologik ta`siri.

    3. Ionlashuvchi nurlanishlarni me`yorlash (normalash)

    4. Ionlashuvchi nurlanishlardan muhofazalanish chora-tadbirlari.



    1. Ionlashuvchi (radioaktiv) nurlanishlar, ularning turlari va asosiy ossalari


    Bir qancha ilmiy tekshirish muassasalarida va sanoat korxonalarida har xil maqsadlar uchun radioaktiv moddalardan foydalaniladi.
    Masalan, mashinasozlik sanoatida radioaktiv moddalardan quyma detallardagi kamchiliklarni va payvand qilingan joylarning va detallarning sifatini aniqlashda keng qo‘llaniladi.
    Kristallsimon moddalarning tarkibini tahlil qilish, ishlab chiqarish jarayonlarini nazorat qilish va avtomatlashtirishda ham radioaktivnurlar yaxshi natija beradi.
    Ionlashgan nurlar inson organizmiga zararli ta`sir ko‘rsatib, og‘ir kasalliklarning kelib chiqishiga sababchi bo‘lishi mumkin. Uning ta`sirida inson og‘ir kasallik hisoblanadigan nur, oq qon kasalligi va har xil xavfli shishlar, teri kasalliklariga duchor bo‘lishi mumkin. SHuningdek ionlashgan nurlar ta`sirida genetik ta`sirlanish, ya`ni keyingi avlodlarga ham ta`sir ko‘rsatuvchi nasliy kasalliklar kelib chiqishi mumkin.
    Radioaktivnurlarning eng xavfli joyi shundaki, inson organizmida bu kasallik yaqqol namoyon bulguncha hech qanday belgiga ega bo‘lmaydi. Aniqlangandan keyingi holat esa nihoyatda og‘ir bo‘lishi va ko‘pincha o‘lim bilan tugashi mumkin.
    Radioaktivmoddalar bilan ishlaganda ishni to‘g‘ri tashkil qilish va muhofaza chora-tadbirlar qo‘llash xavfsizlikni ta`minlaydi.
    Radiaktivlik-atom yadrolarining ion nurlanishlari chiqarishi natijasida boshqa bir atom yadrolarining hosil qilishidir.
    Radioaktiv nurlanishlar ionlovchi nurlanishlar deb ataladi, chunki bu nurlar ta`sir etgan moddalar atom va molekulalarida ionlar hosil buladi. Bunday ionlovchi nurlanishlarga rentgen nurlari, radio va gamma nurlari, al’fa va beta nurlari, shuningdek neytron oqimlari kiradi.
    Al’fa nurlari katta ionlashtirish xususiyatiga ega bulgan, harakat doirasi katta bulmagan geliy atom yadrosining musbat zaryadlangan zarrachalari hisoblanadi. Harakat doirasi katta bulmaganligi sababli inson teri qavatigagina ta`sir qilib, terini yorib kira olmaydi, shuning uchun ham uncha zararli emas.
    Beta nurlari radioaktivmoddalarning atom yadrolari tarqaladigan elektron yoki pozitron oqimidir. Bu nurlarning harakat doirasi ancha keng va yorib kirish qobiliyatiga ega. SHuning uchun ham inson uchun xavflidir.
    Gamma nurlarining ionlash qobiliyati katta bulmasada katta yorib kirish kuchiga ega bo‘lib, yadro reaktsialari va radioaktiv parchalanish natijasida vujudga keladigan yuqori chastotadagi elektromagnit nurlari hisoblanadi.
    Rentgen nurlari moddalarni elektron oqimlari bilan bombardimon qilganda ajralib chiqadigan eletromagnit nurlaridir.
    Har xil radioaktiv nurlarning tirik organizmga ta`siri ularning ionlovchi va kirib boruvchi xususiyatiga bog‘liq. Har xil nurlar bir xil dozada yutilganda biologik ta`siri bir-biridan farq qiladi. Shuning uchun radiatsiya xavfini aniqlash maqsadida doza ekvivalenti birligi ber kiritilgan (radaning biologik ekvivalenti). 1 ber-har qanday ion nurlanishlarining biologik hujayralarda rentgen va gamma nurlanishlarining 1 rad ga teng keladigan biologik ta`siridir.

    1. Download 2,33 Mb.
    1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   207




    Download 2,33 Mb.