|
-rasm. SHovqinga qarshi naushniklar
|
bet | 72/207 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 2,33 Mb. | | #237676 |
Bog'liq portal.guldu.uz-Xayot faoliyati xavfsizligi 2-rasm. SHovqinga qarshi naushniklar:
plasmassa qobiq; 2- shisha mato; 3- shibbalovchi taglik; 4 - olinadigan chexol plyonkali.
Shaxsiy himoya vositalari quyidagi xususiyatlarga ega bulishi shart:
-shovqinni sanitariya me`yori darajasi miqdorigacha kamaytirilishi kerak;
-gaplashganda so‘zlarning mohiyatini pasaytirmasligi zarur;
-quloq suprasiga kuchli bosim berib og‘riq chiqarmasligi kerak;
-xavf-xatardan ogohlantiruvchi tovushli daraklarni bug‘masligi lozim va estetika talablariga javob berishlari shart.
Shovqinni ixotalash. Shovqinni asosiy qismi havo orqali tarqalishini hisobga olgan
holda, uning yo‘liga biror to‘siq qo‘yilsa, ma`lum miqdorda bosimi kamayadi.
Titrashdan himoyalanish usullari va vositalari.
Titrash ta`siridan himoyalanish, loyihalash bosqichlaridayoq boshlanib, barcha jihozlar, asbob – uskunalarni pasportlaridagi shovqin va titrash ko‘rsatkichlariga qarab, eng qulaylarini tanlab olinadi.
Bunda tebranuvchan va shovqinli dastgohlar mavjud bulgan binolarni, alohida ajratib shamol yo‘nalishi buylab hudud chekkasiga joylashtirish maqsadga muvofiq buladi.
Manbalardagi titrashlarni zararli ta`sirini kamaytirish usullarini ikki guruhga ajratish
mumkin. Birinchisi manbalardagi titrashni qo‘zg‘atuvchi kuchlarni pasaytirish bo‘lsa, ikkinchisi ularning poydevori bilan va boshqa dastgohlar hamda qurilish konstruktsiyalari bilan bog‘langan joylarida titrashni pasaytirishdir.
Manbalardagi titrashlarni pasaytirishda mashina, jihoz, aslahalarni to‘g‘ri o‘rnatish, ularni o‘z vaqtida sifatli ta`mirlash, moylab turish, ish tartibini to‘g‘ri tashkillashtirish va ularni zo‘riqtirmasdan me`yorida ishlashini ta`minlash, jihozlarni masofadan turib boshqarish hamda shaxsiy muhofaza qurollari va kiyimlaridan o‘rinli foydalanish kutilgan samaraga erishish imkoniyatini yaratadi.
Agar manbaning o‘zida tebranishni pasaytirish iloji bulmasa, u holda manba asosi bilan uning poydevori o‘rtasida titrashni so‘ndiruvchi rezina yoki prujina yoki amartizatorlar qo‘yib pasaytiriladi.
Titrashni pasaytirishda eng samarali usul, tebranuvchi jihozlarni o‘ta takomillashgan tebranmaydigan yoki kam tebranadigan dastgohlar bilan almashtirishdir. Masalan, temir beton ishlab chiqarish sexida betonni tebranish yo‘li bilan zichlovchi uskunani takomillashtirilsa, ya`ni uning korpusini ostidagi mustaqil tebranuvchi bir guruh mitti amartizatirlar o‘rnatilsa, bino polini umumiy tebranish darajasini va undan chiqadigan shovqinni ham keskin kamaytirish imkoni tug‘iladi.
Muhandislik tajribasida ko‘pincha dastgohlardan tarqalayotgan titrash ta`sirini pasaytiruvchi tadbirlarni ishlab chiqish va tatbiq qilishga to‘g‘ri keladi. Bu borada tebranishni pasaytirish uchun, tebra-ixota, tebro-so‘ndirgich va tebro- qaytargich vositalaridan samarali foydalaniladi.
Tebraixota ikki xil, passiv va faol ko‘rinishda buladi.
Tebroso‘ndirgich, tebranish manbalaridan polga va u orqali binoning boshqa qurilmalariga ta`sirini oldini olishda, tebro-so‘ndirgichni poydevorga o‘rnatishdir.
v) Tebroqaytargich, buni demfirlash usuli ham deyiladi va to‘siqlar ustidan rezina, plastika yoki mastikalarda ixota qilinadi.
|
| |