|
Vazirligi guliston davlat
|
bet | 69/207 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 2,33 Mb. | | #237676 |
Bog'liq portal.guldu.uz-Xayot faoliyati xavfsizligi
Shovqin, titrash, baxtsiz hodisalar, jarohatlanishlar, kasbiy kasalliklar, avariyalar, yong‘in, dermotologik vositalar, portlashlar, himoya vositalari, dezinfektsiyalash, dezaktivatsiyalash.
Shovqin va titrash haqida umumiy ma`lumotlar.
Shovqin va titrash qattiq, suyuq, gazsimon va boshqa xil jismlarning mexanik tebranishlaridir.
Me`yordan yuqori, uzoq ta`sir etgan shovqin va titrashlar, keyinchalik organizmini zararlantirib, og‘ir kasbiy kasalliklar kelib chiqishi sababchisidir. Sukunatni buzib, foydali tovush eshitishga xalaqit beradigan tovushlarga shovqin deb ataladi.
Titrash qattiq jismlar, mashina va jihozlarning tebranishidir. Kuchli, keskin va uzoq
davom etadigan shovqin va titrashlar insonning sog‘lig‘iga salbiy ta`sir ko‘rsatib, natijada insonni tez charchatadi, ish unumdorligini pasaytiradi, asab va yurak tizimini ish faoliyatini buzadi.
Insoning eshitish organi mexanik tebranishning 16 - 20000 Gts.gacha bulgan to‘lqinlarini eshitadi. 15 Gts. dan past chastotadagi shovqin infratovush, 20000 Gts. dan yuqorisi esa ul’tratovush hisoblanib, inson organizmiga salbiy biologik ta`sir ko‘rsatadi.
Tovush intensivligi quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
J=P2 /p·C
bu erda:
J–tovush intensivligi, vt/m
P – tovush bosimining miqdori, Pa;
ρ – muhit zichligi kg/m3 ;
C – tovush tezligi, m/s.
Tovush to‘lqinlarining 200 S haroratli muhitidagi tarqalish tezligi 343 m/s, po‘latda 5000 m/s, betonda 4000 m/s. ga teng.
Mashina va uskunalarda, kommunikatsiya va qurilmalarda mexanizatsiyalarning harakatdagi qismlarining nosozligi sababli, suyuqlik va gazlar quvurlar orqali bosim ostida uzatilganda paydo buladigan qisqa to‘lqinli tebranishlar titrash deb ataladi.
Titrash quyidagi ko‘rinishda ifodalanadi:
-titrash chastotasi f (Gts);
-titrash amplitudasi A (mm);
-titrash tezligi V (mm/s);
-titrash tezlanishi w (mm/s2).
Titrash uskuna, jihoz va kommunikatsiyalarning mexanik mustahkamligini va germetikligini sifatsizlanishiga olib kelishi va har xil avariyalarning sababchisidir. Titrash ta`sirida inson tanasidagi a`zolarning funktsional holatlarini ishdan chiqishi, markaziy asab, yurak va qon aylanish tizimida hamda harakatlanish a`zolarida salbiy o‘zgarishlar sodir buladi. Uning zararli ta`siri charchash, boshning, panja va suyak bug‘inlarining og‘rishi, haddan tashqari asabiylashish va harakat faoliyatining buzilishi bilan namoyon buladi va ayrim hollarda tebranish kasalligining rivojlanishiga olib keladi. Uning og‘ir shakllari, mehnat qobiliyatining qisman yoki butunlay yo‘qolishiga olib keladi. Shovqin va titrashning ish joylarida ruxsat etilgan darajalari SanPiN N0067-96 berilgan.
-rasm. Shovqinni o‘lchash asboblari: a- shovqin va tebranishni o‘lchash asbobi
|
| |