• Tabiiy shamollatish.
  • Havo almashuvini aniqlash




    Download 2,33 Mb.
    bet65/207
    Sana16.05.2024
    Hajmi2,33 Mb.
    #237676
    1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   207
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-Xayot faoliyati xavfsizligi

    Havo almashuvini aniqlash. SHamollatishni loyihalash xonalarda yoki ish joylarida havo almashuvini aniqlashdan boshlanadi. Bunda klimatik zona, yilning fasli, havo muhitidagi ortiqcha issiqlik, namlik, gazlar, changlar va boshqalar hisobga olinadi.
    Agar xonadan bir vaqtda bir necha zararli moddalar ajralib bir yo‘nalishga yo‘nalayotgan bulsa umumalmashinuv shamollatish hisobi har bir moddani xavfsiz kontsentratsiyagacha tushirish uchun zarur havo hajmlarini umumlashtirish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
    Agar bir vaqtda xonadan har tomonga yo‘nalgan bir necha zararli moddalar ajralayotgan bulsa, havo almashinuvi ularni har biri uchun alohida hisoblanadi va so‘ng shamollatishni hisoblashda yuqorida bajarilgan hisoblarni eng katta qiymati qabul qilinadi.
    Tabiiy shamollatish. Sanitar normalarga mos holda barcha xonalar tabiiy shamollatish mo‘ljallangan bulishi kerak. Xonada havoning tabiiy harakatlanishi havodagi zichliklarning farqiga ko‘ra va tashqi havo bilan ichki havo bosimi farqlari hisobiga yuz beradi (9.3.-rasm).
    Tabiiy shamollatish xonalarning chiqarish kanallari, shaxtalari va darchalari orqali amalga oshiriladi. Bular o‘z navbatida, xonadan kata hajmdagi havoni chiqarish va unga kiritishni mexanik shamollatkichlarsiz amalga oshiradi va bunday tashqari u mexanik shamollatish sistemasidan arzondir. Tabiiy shamollatish issiq tsexlardan ortiqcha issiqlikni chiqarishning eng yaxshi vositasi hisoblanadi.
    Bu shamollatishning kamchiligi haroratiga, shamolning kuchi va yo‘nalishiga, tabiiy havo almashinishi qurilmalarini ishlash xarakteriga ko‘ra tashkillashtirilgan va tashkillashtirilmagan turlarga bo‘linadi. Agar shamollatish qurilmalarida havo oqimi yo‘nalishini miqdorini rostlovchi moslamalar o‘rnatilgan bulsa, bunday shamollatish sistemasi tashkillashtirilgan deb ataladi.



    77

    10.3.-rasm. Havo zichligi har xilligi hisobiga amalga oshadigan havo almashish sxemasi.
    10.4.-расм. Шамол ён томондан бўлганда бино аэрацияси.
    Havoning tortish kuchini oshirish maqsadida deflektorlardan foydalaniladi. U shamollatish kanallarining yuqori qismiga o‘rnatiladi. Havo oqimi deflektor orqali o‘tishi natijasida havo kanallarida siyraklanish hosil buladi va buning ta’sirida kanalda havoning tezligi oshadi.
    Tabiiy havo almashinish qurilmalarining ishlashi samaradorligi ulardan qanchalik to‘g‘ri foydalanish darajasiga bog‘liq. SHuning uchun tabiiy havo almashinish qurilmalarining elementlari o‘rnatilib bulingach, ular sinovdan o‘tkazilishi lozim. Buning uchun havo almashinishi ko‘zda tutilgan kanallar va tuynuklar ochib qo‘yiladi hamda ularning yuzasi aniqlanadi. Havo o‘tish yo‘lining o‘rtasiga anemometr o‘rnatilib, havoning tezligi o‘lchanadi.

    Download 2,33 Mb.
    1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   207




    Download 2,33 Mb.