Ishlab chiqarishda zaharlanishning inson organizmiga ta`siri




Download 2,33 Mb.
bet62/207
Sana16.05.2024
Hajmi2,33 Mb.
#237676
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   207
Bog'liq
portal.guldu.uz-Xayot faoliyati xavfsizligi

Ishlab chiqarishda zaharlanishning inson organizmiga ta`siri.


Ishlab chiqarishda zaharlanish inson organizmiga, nafas yo‘llari, me`da ichak yo‘llari, teri qoplamalariga, terining shikastlangan qismi orqali o‘tadi. Zaharlanishning ko‘p turlari nafas olganda gaz, bug‘, tumanli aerozollarni yutish natijasida yuzaga kelib, bir xil zaharlar bilan surunkali yoki o‘tkir zaharlanishda organizm turlicha shikastlanadi. Bunda o‘pka to‘qimasi sathining kattaligi, zaharning qonga tez tushishi va havodan nafas olganda turli organlar va tizimlarga o‘tish yo‘lida qo‘shimcha to‘siqlarsiz yutilishi sabab bo‘ladi.
Ayrim zaharli moddalar o‘pkadan arterial qonga o‘tib, so‘ng boshqa organlar va to‘qimalarga tashiladi hamda tez reaktsiyaga kirishadigan deb nomlanuvchi bu moddalar, qisqa vaqt ichida butun organizmga tarqaladi.
Sekin reaktsiyaga kirishadigan zaharli moddalar arterial qon to‘qimalaridan bir muncha sekinlik bilan o‘tib, ulaning arterial qondagi miqdori venadagiga nisbatan yuqori bo‘lib turadi. To‘qimalar to‘yina borgan sari bu tafovut yo‘qoladi va zaharli moddalarning nafas bilan chiqariladigan havodagi miqdori uning nafas bilan oladigan miqdoriga yaqinlashadi.
Havoda bo‘lgan zaharli gazlar va bug‘lar teri orqali so‘rilishi mumkin, chunki teri
nafas olish jarayonida qatnashadi. Bundan tashqari havodagi zaharli bug‘lar va gazlar teridagi yog‘ qatlamida erib, keyinchalik u orqali so‘rilishi mumkin.
Yog‘simon moddalarda eruvchan zaharli moddalar, xususan, uglevodlar, aromatic aminlar, benzol, anelin kabi birikmalar teri orqali o‘tish xususiyatiga ega. Ishlab chiqarishdagi zaharlarning teri orqali o‘tish xususiyatini gigienik me`yorlarda va sog‘lomlashtirish tadbirlarini o‘tkazishda hisobga olinadi: bunday moddalar uchun havodagi yo‘l qo‘yiladigan miqdor birmuncha past belgilanadi, teri qoplamalarini himoya qilish choralari ko‘zda tutilgan holda, ishdan keyin, albatta, yuvinish tavsiya etiladi.
Zaharlar ovqat hazm qilish organlariga shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilmaganda: iflos qo‘l bilan ovqatlanishda, chekishda tushadi. Zaharli moddalarning me`daga tushishi, uni shilliq pardasi zararlanishi, sekretsiya bezlari faoliyatining buzilishiga sabab bo‘ladi. Organizmga tushgan zaharning qon oqimi bilan to‘qimalarda, oqsil hujayralari va to‘qimalararo muhitning boshqa tarkiblari bilan o‘zaro fizik-kimyoviy ta`sirlashuvi ro‘y beradi, Bu jarayonlarning biologik yo‘nalishi organizmning zaharlarga qarshi kurashidir.



      1. Download 2,33 Mb.
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   207




Download 2,33 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ishlab chiqarishda zaharlanishning inson organizmiga ta`siri

Download 2,33 Mb.