• Zaharli moddalar ajralishini bartaraf etish.
  • Zaharli moddalarga yo‘l qo‘yilgan miqdorlar me`yori




    Download 2,33 Mb.
    bet63/207
    Sana16.05.2024
    Hajmi2,33 Mb.
    #237676
    1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   207
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-Xayot faoliyati xavfsizligi

    Zaharli moddalarga yo‘l qo‘yilgan miqdorlar me`yori.


    Hozirga sharoitda ishchi-xizmatchilarning ish joylaridagi muhitda inson sog‘lig‘iga salbiy ta`sir etuvchi zaharlarning bo‘lmasligi talab etilishi, albatta, tabiiy hol hisoblanib, ushbu natijaga erishish esa o‘ta mushkul muammo bo‘lib, uni ishlab chiqarishga joriy etish katta moddiy xarajatlar evaziga amalga oshiriladi. Shunga ko‘ra mehnat gigienasida yo‘l qo‘ysa bo‘ladigan bezarar miqdorlarni asoslash zarurati vujudga keldi.
    GOST ning “Ish mintaqasi havosi” bo‘limida bu miqdor quyidagicha belgilanadi: ish mintaqasi havosida zararli moddalarning 8 soat davomida yoki haftasiga 40 soatdan oshmagan mehnat jarayonida, tekshirish uslublari bilan aniqlanadigan kasalliklar yoki sog‘liq holatidan chetlanishlar keltirib chiqarmaydigan miqdorda yo‘l qo‘yiladi.
    Zaharli moddalar uchun yo‘l qo‘yilgan miqdor (YQM) belgilangan bo‘lib, ularni asoslab berishda zamonaviy ilmiy nuqtai nazardan foydalaniladi, inson organizmining nozik fiziologik va biokimyoviy ko‘rsatkichlari hisobga olinadi.
    Ishlab chiqarishda mehnat gigienasining, gigienik me`yorlari, ilmiy texnika taraqqiyoti yutuqlariga asoslangan holda, muhandislik tafakkurini birmuncha mukammal texnologiya va ishlab chiqarish uskuna - jihozlar yaratishga jalb etiladi.
    Zaharlarning YQM ni asoslashda:
    -moddalarning fizik - kimyoviy xossalari;
    -eksperimental tekshirish natijalari;
    -ishlab chiqarish gigienik kuzatuv ma`lumotlarida ishchilarning sog‘ holati va kasallanishiga doir materiallardan foydalaniladi.
    Zaharli moddalarga qarshi kurash jarayoni sanitariya sharoiti, sog‘lomlashtirish tadbirlari, yangi korxonalarni loyihalashdayoq, amalda YQM larni gigienik ma`lumotlari bilan to‘ldirib, qayta ko‘rib chiqiladi,
    Davlat standartiga asosan zaharli moddalar organizmga ta`sir ko‘rsatish darajasiga qarab: o‘ta yuqori, o‘rtacha va kam xavfli sinflarga bo‘linadi.


        1. Zaharli moddalar ajralishini bartaraf etish.


    Ishlab chiqarish korxonalarida ishchi – xizmachilarning mehnat sharoitini yaxshilanishi ko‘pgina tsexlar havosida zararli moddalar miqdorining pasayishiga, zararlanishlarning og‘ir ko‘rinishlari kamdan-kam uchraydigan hollarga olib kelmoqda. Kasbiy zaharlanishlarni bartaraf etishda:
    -texnologik jarayonlarda zaharli moddalar ajralishini bartaraf etish.
    -zaharli moddalarni havoga ajralishini kamaytiradigan yangi texno-logiya va avtomatlashtirishni joriy etish mumkin.
    Zamonaviy texnika taraqqiyotining yutuqlaridan omilkorlik bilan foydalanish, ko‘pgina texnologik jarayonlarning borishi ustidan nazorat qilish, avtomatik usullar bilan olib borish imkonini beradi. Sanitariya-gigienik tadbirlarga:
    -gigienik standartlash,
    -havo holatini nazorat qilib turish,
    -gigienik talablarga qat`iy amal qilish,
    -shaxsiy himoya vositalarini qo‘llash,
    -sanitariya qoidalari bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar berib turishlar kiradi.
    Standart bo‘yicha xavflilikning 1 sinf moddalarini nazorat qilishda, zaharli moddalarning miqdorlarini faqat o‘lchash va aniqlash bilan kifoyalanmasdan, balki YQM oshgan taqdirda zarur chora – tadbirlar ko‘rish uchun tovush va yorug‘lik signallarini ishga soladigan Avtomat yozish asboblari bilan ta`minlanishi maqsadga muvofiq hisoblanadi.
    Zaharlanishni bartaraf etish sanitariya texnikasini keng tarqalgan turi, shamollatish usuli katta ahamiyatga ega.
    Unga qo‘yiladigan asosiy gigienik talab-zaharli moddalar mavjud hududlarda, havo muhitiga tarqalgan taqdirda, sof havo berish yo‘li bilan miqdorini pasaytirib, kuchsizlantirishdan iborat.
    Zaharli moddalar bilan ishlaydigan shaxslar xususida mehnat qonunida ish kunini chegaralash, ta`tilning davomiyligini ko‘paytirish, nafaqaga birmuncha erta muddatda chiqarish kabi chora-tadbirlar ko‘zda tutiladi. Inson organizmiga zararlanishning xavfli ta`siri yuqori bo‘lgan korxonalarda ayollar va o‘smirlarning ishlashi qatiyan man etilgan. Ish mintaqasidagi zaharli moddalarning YQM davlat tomonidan belgilanadi va davlat nazorati olib boriladi.
    Zaharlarning ta`sir qilish ehtimoli bo‘lgan bir qator korxonalarda, ishchilarni qo‘shimcha tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va maxsus korxona hisobidan ovqatlantirish ko‘zda tutilishi shart.



    Download 2,33 Mb.
    1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   207




    Download 2,33 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Zaharli moddalarga yo‘l qo‘yilgan miqdorlar me`yori

    Download 2,33 Mb.