|
Zaharli gazlar va ularning ta`sir turlari
|
bet | 61/207 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 2,33 Mb. | | #237676 |
Bog'liq portal.guldu.uz-Xayot faoliyati xavfsizligi Zaharli gazlar va ularning ta`sir turlari
Ishlab chiqarish zaharlanishi deb, insonga mehnat sharoitida ta`sir etadigan, ish qobiliyati va sog‘lig‘ini susaytiradigan kasbiy yoki ishlab chiqarishda ro‘y beradigan zaharlanishlarni vujudga keltiradigan omillarga aytiladi. Ishlab chiqarish zaharlarining inson organizmiga ta`sir qilish belgilarini, ularning zararli va xavfliligi darajasini, asosan toksikologiya fani o‘rganadi hamda zaharli gazlardan xavfsiz foydalanish maqsadida gigienik me`yorlar, tavsiyalar ishlab chiqadi.
Zaharlar umumiy va mahalliy ta`sir qilishi mumkin. a) Umumiy ta`sir zaharning qonga so‘rilishi natijasida rivojlanadi. Masalan, marganetsdan zaharlanishda asab tizimi, benzol ta`sirida esa, qon ajratish organlari zarar ko‘radi.
Mahalliy ta`sir ko‘rsatishda, inson organizmidagi to‘qimalarning shikastlanishi: ta`sirlanish, yallig‘lanish hodisalari, ishqorli va kislotali eritmalar va bug‘lar bilan ishlaganda teri hamda shilliq pardalar kuyadi.
Ishlab chiqarishda zaharlanishlar o‘tkir, o‘rtacha va surunkali bo‘lib, quyidagicha xarakterlanadi:
Zahar qisqa muddatda – bir smenada ta`sir qiladi;
Organizmda zahar katta miqdorda tushishi, kimyoviy moddani bilmay ichib qo‘yishi yoki teri qattiq zaharlanishi natijasida sodir bo‘ladi.
Surunkali zaharlanish - inson organizmiga oz miqdordagi zaharlarning, uzoq vaqt asta-sekin yig‘ilishi natijasida yuzaga keladi. Masalan, benzoldan o‘tkir zaharlanishda asosan asab tizimi zarar ko‘radi va narkotik ta`sir ko‘rsatiladi, surinkali zaharlanishda esa qon tizimi zaharlanadi.
Ishlab chiqarish zararlari boshqa salbiy oqibatlarga ham sababchi bo‘ladi. Ular organizmning biologik qarshiligini pasaytiradi, yuqori nafas yo‘llari qatori, sil, yurak-tomir tizim kasalliklari, rivojlanishiga imkon yaratib, bronxial asma, ekzema va boshqa kasalliklarga duchor qiladi.
|
| |