|
Vazirligi guliston davlat
| bet | 58/207 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 2,33 Mb. | | #237676 |
Bog'liq portal.guldu.uz-Xayot faoliyati xavfsizligimikroiqlimi deb yuritiladi.
Ob-havo omillari mehnat qilish qobiliyatiga va insonning sog‘lig‘iga juda katta ta`sir ko‘rsatadi. Ishlab chiqarish sharoitida ob-havo omillarining deyarli hammasi bir vaqtda ta`sir qiladi. Ba`zi sharoitlarda bunday ta`sir ko‘rsatishi foydali bulishi mumkin. Masalan, sovuq sharoitda tananing qurishi natijasida darmonsizlanish ko‘proq uchraydi, ba`zi vaqtlarda esa, bir-biriga qo‘shilishi natijasida zararli ta`sir darajasi ortib ketishi mumkin. Ana shunday, nisbiy namlik va haroratning ortib ketishi inson uchun og‘ir sharoitni vujudga keltiradi. Bundan tashqari, ish joylaridagi havo harakatini oshirish harorat yuqori bulgan vaqgda ijobiy va harorat past bulgan vaqtda esa salbiy natija beradi.
Bundan ko‘rinib turibdiki, ob-havo omillari ba`zi hollarda kishiga ijobiy va ba`zan esa salbiy ta`sir ko‘rsatib, inson organizmining tashqi muhitga moslashuvini buzib yuborishi mumkin. Tanada muhitga moslashuv - bu inson organizmining fiziologik va kimyoviy jarayonlar asosida tana haroratining bir xil chegarada (36—37°S) saqlab turish qobiliyati, demakdir.
Tashqi muhitga moslashuv ikki xil: fizik va kimyoviy bulishi mumkin. Tashqi muhitga kimyoviy moslashuv organizmning issiqlash davrida modda almashinuvini kamaytirishi va sovishi natijasida modda almashinuvini oshirishi, ammo tashqi muhitga kimyoviy moslashuv uning keskin o‘zgarishi borasida tashqi muhitga fizik moslashuvga nisbatan ahamiyati katta emas. Organizmning tashqi muhitga issiqlik chiqarishi uch yo‘l bilan o‘tishi mumkin:
-odam tanasining umumiy yuzasida infraqizil nurlanish orqali (radiatsiya orqali havo almashinuvi);
-
tanani o‘rab turgan havo muhitini isitish (konvektsiya);
-terining terlab bug‘lanishi va nafas olish yo‘llari orqali suyuqliklarning bug‘lanishi natijasida.
Me`yoriy sharoitda, kuchsiz havo harakati bulgan holatlarda harakatsiz odam tanasi radiatsiya yo‘li bilan organizm ishlab chiqarayotgan issiqlikning 45 foizini, konvektsiya natijasida 30 foiz va terlash orqali 25 foizini yo‘qotishi aniqlangan. Bunda teri orqali umumiy issiqlikning 80 foizidan ortig‘i, nafas olish a`zolari orqali 13 foiz va taxminan 5 foiz issiqlik ovqat, suv va havoni isitishga sarflanadi.
Radiatsiya va konvektsiya orqali issiqlikni yo‘qotish faqat tashqi muhit harorati tana haroratidan kam bulgan hollarda bulishi mumkin. SHuni aytib o‘tish kerakki, tashqi muhit harorati qancha past bulsa, issiqlik yo‘qotish shuncha kuchli buladi.
Tashqi muhit harorati tana haroratidan yuqori yoki teng bulsa, u holda issiqlik ajratish terlab bug‘lanish hisobidan buladi. 1 gramm terni bug‘latish uchun 2,5 kJ (0.6 kkal) issiqlik yo‘qotiladi.
Organizmdan chiqadigan terning miqdori tashqi muhit haroratiga va bajariladigan ish kategoriyasiga bog‘liq. Harakatsiz organizmda, tashqi muhit harorati 15°S ni tashkil qilsa, terlash juda kam miqdorni (soatiga 30 ml) tashkil
qiladi. YUqori haroratlarda esa (30 °S va undan yuqori), ayniqsa og‘ir ishlarni bajarganda organizmning terlashi juda ortib ketadi.
Masalan, issiq paytlarda, og‘ir ishlarni bajarish natijasida terlash miqdori soatiga 1 - 1,5 litrga etadi va bu miqdor terning bug‘lanishi uchun 2500-3800 kJ (600-900 kkal) issiqlik sarflanadi.
SHuni aytib o‘tish kerakki, terlash yo‘li bilan issiqlik sarflash faqatgina tana yuzasida ter bug‘langandagina amalga oshadi. Terning bug‘lanishi esa havoning harakatiga va nisbiy namligiga, kiygan kiyimining matosiga bog‘liq.
Faqat terlash yo‘li bilan issiqlik yo‘qotilganda havoning nisbiy namligi 75—80 foiz ortiq bulsa, terning bug‘lanishi qiyinlashadi va organizmning tashqi muhitga moslashuvi buzilishi natijasida issiqlash yuz berishi mumkin. Issiqlashning birinchi belgisi tana haroratining ko‘tarilishidir. Kuchsiz issiqlash tana haroratining engil ko‘tarilishi, haddan tashqari ter chiqishi, kuchli chanqoq, nafas olish va qon tomirlar urishining tezlashishi bilan chegaralanishi mumkin. Agar kuchli issiqlash yuz bersa, unda nafas olish qiyinlashadi, bosh qattiq og‘riydi va aylanadi, nutqi qiyinlashadi.
Tashqi muhitga moslashishning bu xildagi buzilishi va tana haroratining keskin ko‘tarilishi issiqlik gepatermiyasi deb ataladi.
|
| |