Vazirligi guliston davlat




Download 2,33 Mb.
bet59/207
Sana16.05.2024
Hajmi2,33 Mb.
#237676
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   207
Bog'liq
portal.guldu.uz-Xayot faoliyati xavfsizligi

Issiqlashning ikkinchi belgisi terlash natijasida inson organizmining ko‘p miqdorda tuz yo‘qotishi natijasida kelib chiqadi. Bu holat teri hujayralarida tuzning kamayishi tufayli, terining suvni ushlab qolish qobiliyati susayganligidan kelib chiqadi. Ichilayotgan suv tinmay ter bo‘lib chiqib ketganligi sababli, organizm kuchli chanqoklik sezadi, ichilgan suvning tezda chiqib ketishi chanqoqni yana kuchaytiradi va bu suv bilan zaharlanish holatini vujudga keltirishi mumkin. Bunda organizmning paylarida qaltirash paydo buladi, kuchli terlash va qonning quyuqlashishi kuzatiladi. Bu holat qaltirash kasalligi deb yuritiladi. Keyin issiq urish vujudga keladi, tana qarorati 40—41°S ga ko‘tarilib, odam hushini yo‘qotadi va qon tomirlarining urishi kuchsizlashadi. Bu vaqtda organizmdan ter chiqish butunlay to‘xtaydi. Qaltirash kasali va issiq urish o‘lim bilan tugashi mumkin.
Tashqi asab tizimlarining sovuq urishi natijasida suyaklarda radikulit, oyoq- qo‘l va bel bug‘inlarida hamda paylarda revmatizm kasalligi, shuningdek plevrit, bronxit va boshqa shamollash bilan bog‘liq bulgan yuqumli kasalliklar kelib chiqishi mumkin.
Odam organizmiga sovuqning, ayniqsa, havo harakatining ta`siri kuchli bo‘lib, havoning nisbiy namligi yuqori bulgan vaqtda bu yaqqol namoyon buladi.
CHunki sovuq haroratdagi nam havo issiqlikni yaxshi o‘tkazadi va havo almashish (konvektsiya) orqali issiqlik yo‘qotishni kuchaytiradi.



Havo
harorati, °S

Nisbiy
namligi,%

Harakat
tezligi, m/s

Tashqaridagi havo
harorati, °S

19-25

75

0,2

15-30

17-25

75

0,2

15-30

13-25

75

0,4

15-30

13-25

75

0,5

15-30

Harorat, nisbiy namlik va havo harakatining tezligi risoladagi va yo‘l qo‘yilishi mumkin bulgan miqdorlar ko‘rinishida belgilanadi. Risoladagi miqdorlar deganda odamga uzoq muddat va muntazam ta`sir qilganda tashqi muhitga moslashuv reaktsiyalarini kuchaytirmasdan organizmning me`yoriy faoliyatini va issiqliq holatini saqlashni ta`minlaydigan mikroiqlim ko‘rsatkichlarining yigindisi tushunilib, ular issiqlik sezish mo‘`tadilligini vujudga keltiradi va ish qobiliyatini oshirish uchun shart-sharoit hisoblanadi.


Yo‘l qo‘yilishi mumkin bulgan mikroiqlim sharoitlari organizmning faoliyatini va issiqlik xolatdagi o‘zgarishlarni, fiziologik moslanish imkoniyatlaridan chetga chiqmaydigan tashqi muhitga moslashish reaktsiyalarining kuchayishini bartaraf etadigan va tez me`yorga soladigan mikroiqlim ko‘rsatkichlarining yig‘indisidir. Bunda sog‘liq uchun xatarli holatlar vujudga kelmaydi, biroq nomo‘`tadil issiqlik sezgilari, kayfiyatning yomonlashuvi va ish qobiliyatning pasayishi kuzatilishi mumkin. 6.1, 6.2, 6.3-jadvallarda mikroiqlimning risoladagi va yo‘l qo‘yilishi mumkin bulgan me`yorlari keltirilgan. Doimiy ishlarda 6.1 jadvalda keltirilgan mikdorlar ta`minlanishi lozim, ular havoni mo‘`tadillashtirishda ham majburiydir. Qator hollarda, masalan, issiqlik ko‘p ajralib chiqadigan yoki isitiladigan xonalarning hajmi katta bulgan metallurgiya, mashinasozlik va boshqa zavodlarda yo‘l qo‘yiladigan me`yorlarga (6.1, 6.2- jadval) asoslanish mumkin, biroq mehnat va dam olish holatlariga qo‘yiladigan gigienik talablarga, organizmning issiqlab ketishi va sovuq qotishini oldini olishga qaratilgan barcha vositalaridan foydalanishga ham amal qilish zarur.
Yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan me`yorlar yilning sovuq va bir mavsumdan ikkinchisiga o‘tish davrlarida (tashqi havoning) o‘rtacha kundalik harorati +10 °S dan yuqori (yoki muvofiq holda past) doimiy ish joylaridan tashqarida (6.1-jadval) birmuncha katta raqamlarda o‘zgarib turishi, yilning issiq paytida esa (6.2-jadval) ish joylari havosining oshgan harorati (ayniqsa, Markaziy Osiyo sharoitida va issiqlik ajralib chiqishi mumkin bulgan ish joylarida) issiqlikning ancha ortiqcha bulishini kuzda tutadi. Bu tashqi muhitning issiq bulishi bilan birga katta miqdordagi issiqlikni yo‘qotishning qiyinligi bilan bog‘liq.
Biroq bu holda ham me`yorlar yo‘l qo‘ysa buladigan maksimumni chegaralaydi. Issiqlik ajralishi yuqori bulgan ish joylarida havoning harakat tezligi ham birmuncha ortiqcha belgilanadi.
Xonalarning katta-kichikligi, bir vaqtning o‘zida ham issiqlik, ham namlikning ajralishi, doimiy harorat va namlik kabilarni sun’iy usulda tutib turish sharoitlarini hisobga oladigan koeffitsientlarni ishlab chiqish lozim buladi. Ish nechog‘liq og‘ir bulsa, harorat shunchalik past va havo harakati shuncha yuqori buladi.



Download 2,33 Mb.
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   207




Download 2,33 Mb.