|
Ishlab chiqarishda isitish
|
bet | 67/207 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 2,33 Mb. | | #237676 |
Bog'liq portal.guldu.uz-Xayot faoliyati xavfsizligi Ishlab chiqarishda isitish.
Isitish ishchi zonada normal ishlash sharoitini taminlash uchun havo haroratini saqlab turishga mo‘ljallangandir. Isitish mahalliy va markaziy ko‘rinishlarda buladi. Ishlab chiqarish sharoitida mahalliy istishdan harakatdagi mashinalarning kabinalarida va asosiy ishlab chiqarish binosidan uzoqda joylashgan umumiy maydoni 500 m2 dan ko‘p bulmagan xonalarni istishda foydalaniladi. Qolgan holatlarda markaziy isitishdan foydalaniladi.
Isitishda issiqlik manbai sifatida suv, bug‘ va havodan foydalaniladi. Suv va par maxsus qozonxonalarda isitib xonalarda o‘rnatilgan isitish moslamalariga quvur orqali uzatiladi. Xonalarga uzatiladigan issiq havo ko‘p holda kaloriferlarda, suv, bug‘lari esa elektr yordamida isitiladi. SHunga mos ravishda isitish suv, bug‘, havo bilan va kombinatsiyalashgan isitishlarga bulinadi. Suv yoki bug‘ bilan isitishda isitish moslamalari sifatida radiatorlar yoki qovurg‘ali quvurlardan foydalaniladi.
Yoritilganlik va ularning asosiy turlari.
Amaliyotda ish joylarini yoritishda uch xil turdagi yoritilganlikdan foydalaniladi, ya’ni ular tabiiy, sun’iy va aralashgan holda bo‘ladi.
Tabiiy yoritilganlik quyoshdan hamda yeru-samodan qaytayotgan quyosh nuridan hosil bulgan yorug‘lik mahsulidir.
Tabiiy yorug‘lik issiqlik va yorug‘lik doimiylariga ega bo‘lib, ular quyoshdan kelayotgan issiqlik uchun 1317 Vt/m2 ga, yorug‘lik uchun esa 137000 lk.ga tengdir.
Tabiiy yorug‘likning afzalliklari shundaki, uning tarkibida o‘ta foydali ulьtrabinafsha va infraqizil nurlari mavjud bo‘lib, bu nurlar muhitni sog‘lomlashtirishga xizmat qiladi, ya’ni mikroblarni o‘ldirish xususiyatiga ega.
Tabiiy yorug‘likdan uch xil moslamalar yordamida, ya’ni tomdan fonar orqali, devordan deraza orqali va aralash holdagi tizimlardan foydalaniladi. Tabiiy yoritilgan tizimlariga qo‘yiladigan talablar quyidagilardan iborat:
-Yorug‘lik miqdorini binolarning vazifasiga qarab tanlanishi, yo‘naltirilgan yoki tarqoq hollarda bulishligini ta’minlanishi;
-Insolyatsiya va yorug‘lik me’yorlaridan kam bo‘lmasligini ta’minlanishi.
Sun’iy yorug‘lik tabiiysiga nisbatan bir oz qimmatga tushsada, ish joylarini yoritishda imkoniyati cheksizdir. Sun’iy yorug‘lik umumiy, mahalliy va aralash ko‘rinishda bo‘ladi.
-Umumiy yorug‘lik binoda bir tekis yoritilganlikni ta’minlay oladi.
-Mahalliy yorug‘lik esa faqat asosiy ish joyidagi yoritilganlikni me’yor talabi darajasida ta’minlaydi.
-Aralash yorug‘lik, mahalliy yoritilganlikni, umumiy yoritilganligi bilan birgalikda qo‘llanilganligidir.
Bu xildagi ya’ni aralash yoritilganlik usuli, binolardagi yarqiroqlik tafovuti- kontrastni yumshatadi hamda me’yor talabini to‘la qondira oladi.
v) Yoritilganlikni vazifasiga qarab ishchi va nazorat turlaridan tashqari yana favqulodda zarur holatlarda xizmat qiladigan ikki turi ham mavjud. Ularni avariya va evakuatsiya yoritilganliklari deyiladi hamda miqdorlari 0,5 -2,0 lyuks bo‘ladi.
|
| |