|
Vazirligi guliston davlat
|
bet | 64/207 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 2,33 Mb. | | #237676 |
Bog'liq portal.guldu.uz-Xayot faoliyati xavfsizligiNazorat savollari.
Ishlab chiqarish changi va uning insonga ta`siri.
Zaharli gazlar va ularning ta`sir turlari.
Ishlab chiqarishda zaharlanishning inson organizmiga ta`siri.
Zaharli moddalarga yo‘l qo‘yilgan miqdorlar me`yori.
Zaharli moddalar ajralishini bartaraf etish.
mavzu: Ishlab chiqarish korxonalarini shamollatish va yoritish tizimi.
Reja:
SHamollatishning ko‘rinishlari va uning qurilmasi.
Yorug‘likning asosiy tavsiflari va o‘lchov birliklari.
Yoritilganlik va ularning asosiy turlari
Tayanch so‘zlar: shamollatish, shamollatish vositalari, tsiklon, havoni koditsionerlash, tabiiy shamollatish, su’iy shamollatish, isitish, yorug‘lik, yoritilganlik, tabiiy yoritish, sun’iy yoritish, qaytarish koeffitsienti, pulьsatsiya koeffitsienti, lampa, respirator, gazniqob.
SHamollatishning ko‘rinishlari va uning qurilmasi.
Ishlab chiqarishda shamollatish - bu davlat standarti talabiga mos holda, xonalardan ortiqcha issiqlikni, namlikni, changlarni, zararli gazlar va bug‘larni chiqarish va mikroiqlimni yaratish uchun zarur qurilmalar sistemasidir.
10.1.-rasm. Havoni kiritish va chiqarish mexanik shamollatkichlari. 1-havo qabul kilgich; 2-havo uzatkichlar; 3-filьtr; 4-kalorifer; 5-markazdan qochma shamollatkich; 6-havoni xonaga kiritish teshiklari; 7-havoni xonadan chiqarish teshiklari; 8-rostlash klapani; 9-havoni chiqarish qurilmasi; 10-havo aylanishini ta’minlovchi uzatish qurilmasi; 11-xona.
Xonalardagi havo almashinuvini ichki va tashqi havo harorati va bosimni farqi hisobiga tabiiy yo‘l bilan darchalardan va shu maqsaddagi quvurlar orqali amalga oshiriladi. Bunday shamollatish tabiiy shamollatish yoki aeratsiya deyiladi. SHamollatkichlar xonaga havoni uzatishi va xonadan havoni chiqarishi yoki bir vaqtda buning har ikkalasini amalga oshirishi mumkin (1.-rasm).
SHamollatkichlar ishlatish joyiga qarab umumiy va mahalliy shamollatkichlarga bulinadi.
10.2.-rasm. So‘rish qurilmasi. CHapdagi -to‘g‘ri; o‘ngdagi - noto‘g‘ri.
Umumlashtiruvchi shamollatkich butun xonadagi havoni almashtirsa, mahalliy shamollatkich esa maьlum bir joylardagi havoni almashtiradi (2.-rasm). SHamollatkichning samaradorligi shamollatish qurilmasining quvvatiga va havo almashtirishni tashkil etishning ma’lum qoidalariga rioya qilishga bog‘liq buladi.
Xonadan chiqarilayotgan havoni bevosita zararliliklar ajralayotgan joydan yoki ifloslangan zonadan olish kerak. Bunda xonadan chiqarilayotgan iflos havo oqimini odamlar nafas oladigan zona orqali yoki odamlar tez-tez
buladigan zonadan o‘tishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Xonadan tashqariga chiqariladigan iflos havoni shamol oqimi yaxshi bulgan tomonga chiqarish lozim.
|
| |